Ўзбекистон республикаси халқ



Yüklə 100,36 Kb.
səhifə17/18
tarix25.02.2023
ölçüsü100,36 Kb.
#85513
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org (1)

X u l o s a 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish
metodikasi mavzusidagi ushbu malakaviy bitiruv ishida boshlang’ich sinf
o’quvchilarini matematika darslarida qo’shish va ayirish, ko’paytirish va
bo’lish amallarning ma’nosini ochuvchi, amal natijasi va hadlari orasidagi
bog’lanishlarni aniqlovchi sodda va murakkab matnli masalalarni 
yechishga o’rgatish usullarining qo’llanilishi bilan chuqurroq
tanishtirishga harakat qildik. 
Qo’shish va ayirishga doir sodda masalalar boshlang’ich sinflarda eng
ko’p uchraydigan masalalar turi hisoblanadi, o’quvchilarga murakkab 
masalalarni yechish uchun zarur bilim va ko’nikmalarni tarkib toptirish
uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Masalalar ustida doimiy ishlash jarayonida
o’quvchilarning masala ustida to’g’ri fikr yuritish, uni hayot bilan
bog’lash, amal komponentlari orasidagi bog’liqlikni anglay olish
ko’nikmalarini shakllantiradi.
Mavzu yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar yakunida shunday
xulosaga kelindi: Boshlang’ich matematika kursida asosiy o’rin
egallagan masalalar juda muhim vazifani bajaradi. Ular o’quvchilarda
mantiqiy fikrlash, analiz va sintez qilish, umumlashtirish, qaralayotgan
hodisalar orasidagi bog’lanishlarni ochib berish malakasini o’stiruvchi
asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatishning
ahamiyati ular ustida ish olib borish metodikasiga bog’liq. Bu o’z
navbatida boshlang’ich sinf o’qituvchisidan puxta bilim, yuqori malaka
va mahorat talab etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar
yechishga o’rgatish ularni matematik munosabatlar bilan tanishtirishda 
muhim asos vazifasini bajaradi.

46
Masala yechish jarayonida o’quvchilar har bir amal ma’nosini, 


ularni qo’llashning asosiy hollarini o’zlashtiradilar, o’gzaki va yozma
hisoblash malakalari mustahkamlanadi. Bu esa o’z navbatida
o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini rivojlantirish uchun, ularda faollik
va tashabbuskorlikni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 
O’quvchilarning fikrlash faoliyatlarini va nutqlarini o’stirish uchun
ularni masalalarni va ularning yechilishini tahlil qilishlariga, masalani
yechishdagi har bir amalni asoslab berishga o’rgatish muhimdir.


47



Yüklə 100,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin