§ 1.3. Masalalarni yechish usullari
Ayrim turdagi masalalarni yechishga o’rgatishning uch bosqichdagi ish
metodikasini qarab chiqamiz. Bu bosqichdagi maqsad–o’quvchilarda berilgan
sonlar va izlanayotganson orasida ma’lum bog’lanish mavjud bo’lgan masalalarnni
yechish o’quvini shakllantiridir.
Ayrim turdagi masalalarni yechish usulini umulashtirish ustida ishlash, eslab
qolish ishi bilan almashtirish kerak emas, chunki bu holda o’quvchi tanish turdagi
masalani taniy biladi va uni yechishdagi amallarni bajarish tartibini eslaydi, avval
qo’shaman so’ngra bo’laman… va hokazo. O’quvchining butun harakati berilgan
sonlar va izlanayotgan son orasidagi tegishli bog’lanishlarni ochib berishga
qaratilgan bo’lishi kerak, uning asosida u tegishli arifmetik amalni tanlaydi.
Bolalarga umumlashtirish uchun yordam beradigan usullarni ochib beramiz.
Ma’lum turdagi masalalarni yechish usullarni to’g’ri umumlashtirish uchun,
masalalarni tanlash va joylashtirish sistemasi katta ahamiyatga ega. Sistema
ma’lum talablarni qanoatlantirishi lozim. Eng avvalo masalalar asta-sekin
murakkablashib borishi kerak. Murakkablashtirish masala yechiladigan
amallarning sonini orttirish yo’li bilan berilgan son va izlanayotgan son orasida
yangi, bog’lanishlarni kiritish yo’li bilan olib borishi mumkin. Masalan, baho, pul
miqdori kabi kattaliklari bilan 4-proportsionalni topishga doir masala bilan
tanishgandan so’ng ikkitadan ortiq amal bilan yechiladigan masalalar kiritiladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilar ma’lum turdagi masalalarni yechish usullarini
to’g’ri umumlashtirishlarning asosiy shartlaridan biri bu masalalarni yetarli
miqdorda yechishdir.
Biroq qaralayotgan turdagi masalalar birdaniga ketma-ket kiritilmasdan,
balki sekin-asta kiritish kerak avval tez-tez, keyin esa borgan sari kamroq, boshqa
turdagi masalalar bilan aralashtirib kiritiladi. Bu masalaning yechilish usulini
yodlab olishning oldini olish zarur. Yechish usulini umumlashtirishda harfiy
ma’lumotli masalalar yordam beradi.
24
Yangi turdagi masalani yechish uquvini hosil qilishda shu turdagi
masalalarning yechilishlarini ilgari qaralgan, yangi turdagi masalaga ma’lum
darajada o’xshash masalalarning yechilishlari bilan taqqoslash yordam
beradi.Bunday mashqlar bir turdagi masalalarning yechilish usullarini
aralashtirib yuborishning oldini oladi. Masalan, sonni bir necha birlik
orttirish yoki kamaytirish bevosita yoki bilvosita bayon qilingan masalalarni
taqqoslash lozim, shu maqsadda masalalrni jufti bilan kiritish kerak:
1. Noma’lum son 15 dan 8 ta ortiq. Noma’lum sonni toping.
2. 12 noma’lum sondan 7 ta ortiq. Noma’lum sonni toping.
Bu masalalar yechilgandan so’ng, nima uchun ularning har birida ham, …
dan … ta ortiq deyilsa ham har bir amal bilan yechilishi oydinlashtiriladi.
O’quvchilar ikkinchi masalada 12 soni noma’lum sondan 7 ta ortiq, demak
noma’lum son 12 dan 7 ta kam va masalani ayirish amali bilan yechish lozim deb
javob berishlari kerak. Bu 3-bosqichda bo’ladi. Shuni ko’zda tutish kerakki,
ma’lum turdagi masalani yechish uquvini egallash hamma bolalarda ham, bir
vaqtda paydo bo’lmaydi. Masalan bir gruppa bolalar qaralayotgan turdagi
masalaning yechilishi usulini umumlashtirishga mo’ljallangan.
Birinchi darslardayoq masalani ko’rib darhol tegishli bog’lanishlarni
aniqlay olishlari va amallarni to’g’ri tanlab bilishlari mumkin. 2-bir gruppa
bolalarni masalani qisqa yozuv yoki chizmani bajarganlardan so’ng yecha
oladilar, ya’ni bazi bolalar hali masala shartini konkretlashtirishga muhtoj
bo’ladilar. Huddi shu vaqtda uchinchi gruppa bolalar masalani o’qituvchi
rahbarligida tegishlicha tahlil qilingandan so’nggina yecha oladilar. Buni
hisobga olib, shunday sharoit yaratish kerakki, bunda bolalarning har biri
o’zining imkoniyatiga yarasha ishlashini, bunda turli gruppa o’quvchilariga
turlicha talab qo’yish yo’li bilan erishiladi. Bunday tabaqalangan yo’l tutish
amalda har xil bajariladi.
Masalan, bolalarning hammasiga bitta masalani yechishni taklif qilib, so’ngra
ulardan qaysi biri bu masalani o’zi yecha olishini so’rash mumkin. Bu masalani
25
qanday yechishni biladigan o’quvchilarga masalani mustaqil yechishni qolgan
o’quvchilarga masalani qisqa yozib olishni chizma yoki rasmni chizishni taklif
qilish kerak, shundan so’ng endi qanday yechishni bilishini yana bir bor so’rash
kerak. Bolalarning yana bir qismi masalani mustaqil yechishga kirishadi. Qolgan
o’quvchilar bilan birgalikda masala tahlil qilinadi, shundan so’ng yechishni
mustaqil yozish taklif qilinadi. Masalani boshqalardan ilgari yechgan o’quvchilar
qo’shimcha topshiriq oladi.
Quyidagi variant ham bo’lishi mumkin, qaralayotgan turdagi
masalalardan qiyinchilik darajasi turlicha bo’lgan bir nechtasi mustaqil ishlash
uchun taklif qilinadi. Bunda masalalar shunday maqsad bilan olinadiki yengil
masalani har bir o’quvchi yecha olishi kerak, bu esa qiyinroq masalani mustaqi
yechishga tayyorgarlik bo’ladi. Masalan, quyidagi bir juft masala taklif qilinadi.
1. Uch tup olma daraxtidan 310 kg olma terib olindi. Birinchi tupdan 120 kg ,
ikkinchi tupdan 90 kg olma terib olindi. Uchinchi tup olma daraxtidan necha
kilogramm olma terib olindi?
2. Uch tup olma daraxtidan 280 kg olma terib olindi. Birinchi tupdan 96 kg,
ikkinchi tupdan birinchi tupdan terib olingan olmaning
4
3
qismi terib olindi.
Uchinchi tup olma daraxtidan necha kg olma terilgan?
O’qituvchi o’quvchilarga 2- masala, 1-masalaga qaraganda qiyinroqligini
lekin, uni hamma yechishga urinib ko’rishi mumkinligini aytadi. Kim yecha
olmasa avval birinchi so’ngra, ikkinchi masalani ham yechish oson bo’ladi.
Masalaning yechilish usulini umumlashtirish uchun vaqti-vaqti bilan harfiy
ma’lumotli, shuningdek, son ma’lumotli masalalarning yechilishlarini elementar
tadbiq qilib o’takazib turish foydali. Bu masala yechimga ega bo’ladigan yoki
yechimga ega bo’lmaydigan bitta yoki bir nechta yechimga ega bo’ladigan
shartlarni, shuningdek bir kattallik qiymatining o’zgarishiga bog’liq ravishda
ikkinchi kattalilk qiymatining o’zgarish shartlarini aniqlash demakdir. Quyidagi
masalani yechish talab qilinsin:”Singlisi bir oyda x ta kitob o’qidi, akasi esa y ta
26
kitob kam o’qidi. Akasi qancha kitob o’qidi?”. Masala bo’yicha o’quvchilar x
ifodani yozadilar. Qanday ifoda hosil qilindi? (Ayirma) x harfiga qanday qiymatlar
berish mumkin? y harfidan katta yoki teng qiymatlarni chunki kamayuvchi,
ayriluvchidan katta yoki teng bo’lishi kerak. Hayotda bo’ldigan qiymatlarni olish
kerak, bir oyda 10 ta yoki undan kam kitob o’qish mumkin. Bolalar harflarga
turli qiymatlar bera turib, faqat sonli ma’lumotlari bilan farq qiluvchi barcha
masalalar bitta amal bilan yechilishiga ishonch hosil qiladilar. Masala yechilishini
umumlashtirish shundan iborat. Bundan tashqari hosil qiligan sonli ma’lumotlarni
taqqoslab o’quvchilar qaysi hollarda akasi o’qigan kitoblar soni ortishini va qaysi
hollarda kamayuvchini kuzatish mumkin.
Qaralayotgan turdagi masalalarni yechish malakasini ishlab chiqish uchun
ijodiy malakasini mashqlar yordam beradi. Bular jumlasiga qiyinroq masalalarni
tuzish va o’zgartirishga doir mashqlar berilgan masalalarni bir nechta usul bilan
yechish, berilgan sonlari yetishmaydigan yoki ortiqcha bo’lgan masalalar kiradi.
Qiyinroq masalalarni yechish bolalarda masala mazmuniga chuqurroq qarash va
berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishni har tomonlama fikrlash
odatini ishlab chiqishga yordam beradi. Qiyinroq masalani istalgan sinfda taklif
qilish lozim, bunda faqat ushbu 1 ta shartni hisobga olish kerak, taklif qilinayotgan
qiyinroq masalalarni yechilishi keltirilgan oddiy masalalarning yechilishi bolalarga
ma’lum bo’lishi kerak.
Ko’p masalalar turli usullar bilan yechilishi mumkin. To’g’ri yechish
yo’llarini izlash bolalarni berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi yangi
bog’lanishlar ochishga shuningdek endilikda bolalarga ma’lum bog’lanishlardan
yangi sharoitlarda foydalanishga olib keladi, bu esa yechish usulini
umumlashtirishga keltiradi. 3 sinf o’quvchilari quyidagi tenglamalarni tuzishlari
mumkin. Masalalarni tuzish va o’zgartirishga doir mashqlar masalalarning
yechilish usullarini umumlashtirishda favqulotda samarador bo’lib hisoblanadi.
Masalalarni tuzish va o’zlashtirishga doir mashqlarning ba’zi bir turlarini
qarab chiqamiz.
|