16
Predmetli ilyustratsiya masalada tasvirlangan hayotiy vaziyat to’g’risida
yaqqol tasavvur qilishga yordam beradi, bu keyinchalik amalni tanlashda asosiy
moment bo’lib hizmat qiladi. Predmetli ilyustratsiyadan yangi turdagi masalalarni
yechish bilan tanishtirilayotganda ko’proq sinfda foydalaniladi.
Predmetli ilyustratsiya bilan bir qatorda 1-sinfdan boshlab seatik
ilyustratsiyadan foydalaniladi- bu masalani qisqa yozib olishdir.
Qisqa yozuvda ko’zdan kechirish uchun qulay formada
kattaliklar berilgan va
izlanayotgan sonlar shuningdek masalada nima to’g’risida gap ketayotganini
bildiruvchi ba’zi so’zlar, ,,bor edi’’, ,,qo’ydik’’, ,,bo’ldi’’ va h.k. va munosabatni
bildiruvchi so’zlar: ,,katta’’(ko’p), ,,kichik’’ (kam) va h.k. yozib qo’yiladi.
Qisqa yozuvni jadval ko’rinishida yoki, jadvalsiz, shuningdek chizma
formasida bajarish mumkin. Misollar ko’raylik. 1-masala. Baliqchi 10 ta
cho’rtanbaliq, cho’rtanbaliqlardan 8 ta ko’p tangabaliq tutdi. Baliqchi qancha
cho’rtanbaliq va tangabaliq tutgan? Bu masalani
jadvalsiz qisqa yozib olish
maqsadida : Cho’r - 10 dona
Tang -8 dona ortiq
2-masala. Traktor 6 soat ish vaqtida 48 litr yonilg’i sarfladi. Yonilg’i soatiga
o’sha normada sarf bo’lganda 12 soatda traktorga qancha yonlig’i kerak bo’ladi?
Bu masalani jadvalda yozib olgan yaxshi.
Yoqilg’i sarf bo’lish
normasi.
Bir xil
Ish vaqti
6 soat
12 soat
Sarf bo’lgan jami
yoqilg’i
48 litr
?
17
Keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki jadval formada kattaliklarning
nomini ham ajratib yozish talab qilinadi.
Ko’p masalalarni chizma yordamida namoyish qilish mumkin: ,,o’quv
yilining boshida o’quvchi uchun kostyum, botinka va shapka sotib olindi.
Kostyum 2400 so’m turadi. U botinkadan 3 marta qimmat. Xarid qilingan
narsalarning hammasi qancha turadi?
Chizma formasida namoyish qilishni kattaliklar qiymatlarining
munosabatlari
berilgan masalalarning yechilishida (katta, kichik, shuncha) shuningdek harakat
bilan bog’liq masalalarning yechilishida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Oxirgi holda harakat qilayotgan jism bosib o’tgan masofani kesma bilan harakat
yo’nalishini strelka bilan, harakat qilayotgan jism yo’ldagi punktlarni bayroqcha
yoki chiziqcha bilan tasvirlab qabul qilingan, bunda tezlik yo’analishini
ko’rsatayotgan, strelkaning tagiga yoki ustiga vaqt esa shu vaqt ichida o’tilgan
masofani tasvirlovchi kesmaning ustiga qo’yiladi, yo’lning
uzunligi tegishli
kesmaning tagiga yoziladi.
Sanab o’tilgan ilyustratsiyalarning har birini bolalarning o’zlari
bajarganlari taqdirdagina bu ilyustratsuyalar masala yechimini topishga yordam
beradi, chunki faqat shu holdagina ular masalani o’zlari analiz qilishlari mumkin.
Demak bolalarni ilyustratsiyalarni o’zlari bajarishlariga o’rgatish zarur. Avval
yangi turdagi masala bilan tanishtirilayotganda qisqa yozuvchi o’qituvchi
rahbarligida bolalarning o’zlari bajarishadi, so’ngra u masala yechimini topishga
yordam beradilar taqdirda mustaqil bajarishadi.
Ilyustratsiyalarni bajarish vaqtida ba’zi bolalar masala yechimini topadilar,
ya’ni ular masalani yechish uchun qaysi amallarni bajarish zarurligini biladilar.
Biroq bolalarni bir qismi berilgan sonlar va izlanayotgan
son orasidagi
bog’lanishni hamda tegishli arifmetik amalni faqat o’qituvchi masalani tahlili deb
ataluvchi maxsus suhbat o’tkazadi.