166
faoliyatning oldingi davrlari va turli bo‗linmalar kesimidagi natijalari, korxona
xodimlarining ishlagan ish vaqtlari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
darajasi va boshqalar haqida ma'lumotlarga ega bo‗lish mumkin. Ushbu hisobotlar
uchun joriy va kelgusi nazoratning natijalari asos bo‗lib xizmat qiladi.
Ushbu hisobotlardan tashqari amaliyotda zarurat tug‗ilgan vaqtda
rahbariyatning topshirig‗i bilan bir martalik hisobotlar ham tuzilishi mumkin.
Biroq, shuni ham unutmaslik lozimki, byudjet bajarilishi haqidagi hisobotlar
tuzish bo‗yicha universal tavsiyalar mavjud emas. Bunda ko‗plab omillarni doimiy
ravishda o‗rganib borish, tahlil qilish, grafiklar chizish va muhim ma'lumotlarni
ajratib ko‗rsatish va moliyaviy bo‗lmagan ko‗rsatkichlar bilan hisobotlarni
kengaytirishga e'tibor qaratish lozim.
Byudjet bajarilishi haqidagi hisobotlarni tuzish masalasi iqtisodiy
adabiyotlarda batafsil bayon qilingan. Jumladan, tadqiqotchi Ye. Koba tomonidan
byudjetlar ijrosining asosiy ko‗rsatkichlari bo‗yicha nazorat qilish imkoniyatini
beradigan hisobot shakllari tavsiya qilingan.
Mazkur hisobot boshlang‗ich hujjatlar asosida to‗ldiriladi va uning
ko‗rsatkichlari tarkibi rahbar-xodimlar talabi va ehtiyojiga qarab yanada
kengaytirilishi va detallashtirilishi mumkin.
Buning uchun hisobotlar tuzishda
komp'yuter dasturlaridan foydalanish kerak va u hisobot shakli hamda
ko‗rsatkichlarini har qanday zarur boshqaruv kesimida tez, tizimli va o‗zaro
aloqadorlikda shakllantirish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: