18- chizma. Byudjet nazoratini amalga oshirish bosqichlari va vositalari Byudjet bajarilishi samarali nazorat qilinishi uchun dastlab korxona
bo‗linmalari va faoliyat turlari bo‗yicha yig‗ma hisobot tuziladi. So‗ngra hisobot
materiallari asosida byudjetlarning qiyosiy tahlili o‗tkaziladi va tegishli xulosa
hamda tavsiyalar ishlab chiqiladi. Eng oxirida chora-tadbirlar rejasi tayyorlanadi.
Byudjet bajarilishi baholanishi byudjet ko‗rsatkichlarini haqiqatda erishilgan
natijalardan chetlanishlarning tahliliga asoslanadi. Chetlanishlarning hisob-
kitobida haqiqatda erishilgan ko‗rsatkichlar reja ko‗rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
Tadqiqotlar ko‗rsatishicha, chetlanishlar tahlili uzoq tarixga ega va
chetlanishlar hisob-kitobining oddiy ko‗rinishi qadimdan ishlatilib kelingan.
Chetlanishlar hisob-kitoblarini zamonaviy tamoyillariga esa o‗z zamonasining
yetuk olimlari G. Emerson va Ch. Garrisonlar tomonidan asos solingan.
Iqtisodchi olimlar o‗tgan byudjet davrida kuzatilgan chetlanishlarni statistik
tahlil qilish byudjet ko‗rsatkichlarini yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan chegaralarini
samarali baholash imkonini berishini ta'kidlamoqda. Ushbu tahlil paxta tozalash
korxonalarida ham kerakli samara beradi.
Chetlanishlar va ularning tahlili iqtisodiy adabiyotlarda keng yoritilgan
(8-jadval). Jadvalni tahlil qilib, normativdan chetlanishlarni tahlil qilish -
menejerlar tomonidan haqiqiy va maqsadli ko‗rsatkichlar o‗rtasidagi farqlarning
By
u
d
je
t naz
o
ra
ti
n
in
g
amal
g
a
os
hi
ri
sh
b
os
qi
ch
lar
i в
а
воси
талар
и
Korxonaning bo‗linmalari va faoliyati turlari bo‗yicha
yig‗ma hisobot tuzish;
Statik, moslashuvchan va haqiqiy byudjetlarning
solishtirma tahlilini o‗tkazish
Byudjetlar jadvallari bo‗yicha xulosa va tavsiyalar
tayyorlash
Tahlil natijalari bo‗yicha taqdimot va ko‗rgazmali
materiallar tayyorlash
Byudjet ko‗rsatkichlarining bajarilishi bo‗yicha
chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish
158
sabablarini aniqlash uchun qo‗llaniladigan tadbirlar majmuidir, degan xulosaga
kelish mumkin.