Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


 Byudjetlar bajarilishini baholash va kontrollingining uslubiy jihatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/110
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169354
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè èøëî âà ñóâ õ¢æàëèãè âàçèðëèãè

6.2. Byudjetlar bajarilishini baholash va kontrollingining uslubiy jihatlari 
 
Iqtisodiy adabiyotlar tahlili byudjetlashtirish jarayonidagi eng asosiy vazifa: 
«Korxonalarda tuziladigan byudjetlar nafaqat «Nima va qanday qilish kerak?» - 
degan savolga, balki «Nimaga erishilmadi va nima uchun?» - degan savollarga 
ham javob olish
ekanligini ko‗rsatmoqda. Byudjetlashtirishni joriy etishdan 
ko‗zlangan maqsadga erishish uchun byudjet topshiriqlarining bajarilishi darajasi, 
haqiqiy ko‗rsatkichlarning reja ko‗rsatkichlaridan chetlanish sabablari va 
aybdorlari bo‗yicha samarali baholash hamda mazkur tahlil natijalariga ko‗ra 
tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish kerak. 


156 
Shuni ta'kidlash joizki, amalda byudjetlashtirish korxonani ko‗zlagan 
maqsadlariga erishishida ko‗rsatgan samarali yordami va haqiqiy axborotlarni reja 
ko‗rsatkichlari hamda strategik rejada belgilangan maqsadlar bilan muvofiqlash-
tirish imkoniyatiga qarab ma'lum bir ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Ushbu vazifalarni hal qilish uchun esa korxonalar byudjet bajarilishini 
baholash va monitoringini olib borishning samarali tizimiga ega bo‗lishi lozim. 
Byudjet 
bajarilishining 
monitoring 
tizimi 
aslida 
byudjetlashtirish 
jarayonining davomi hisoblanadi va byudjetlar bajarilishi jarayoni bilan birgalikda 
amalga oshiriladi. Uning asosiy mohiyati byudjetlar bajarilishini kafolatlashni 
yo‗lga qo‗yish va umuman olganda boshqaruv jarayoni samaradorligini 
oshirishdan iboratdir.
Bu masala iqtisodiy adabiyotlarda keng yoritilgan bo‗lib, iqtisodchi olim 
K.V.Shiborsh byudjetlar ijrosi kontrollingini
*
2
 
batafsil bayon etgan. Unga ko‗ra: 
«Byudjet bajarilishining ichki nazorat tizimi (yoki kontrollingi)–kompaniya 
tomonidan byudjet davrida mablag‗, xarajat va majburiyatlarini samarali 
boshqarishni baholash va tahlil qilish (joriy faoliyatni doimiy monitoring qilish, 
mahsulot hajmi va xarajatlarni byudjet standartlari bilan taqqoslash va ortiqcha 
xarajatlarga yo‗l qo‗ymaslik) uchun mo‗ljallangan rasmiy yoki norasmiy mantiqiy 
tuzilmadir».
Demak, byudjet bajarilishining monitoringi shunchaki «yuqoridan» nazorat 
qilishdan ham mazmunan, ham shaklan farq qilib, qo‗shimcha ravishda 
bo‗linmalar uchun o‗z faoliyatini samarali olib borishiga imkoniyat yaratadigan 
reja-analitik masalalar majmuidan iborat. Byudjet bajarilishini nazorat qilish tizimi
umuman olganda byudjetlashtirishdan ko‗zlangan samaraga erishish uchun 
byudjetga qo‗shilgan o‗ziga xos «qo‗shimcha» bo‗lib hisoblanishi lozim. 
Byudjet ko‗rsatkichlari bajarilishini aniqlash uchun byudjet nazoratining 
tegishli bosqichlari va vositalari amalga oshiriladi (18-chizma). 
2
Germaniyada boshqaruv hisobi kontrolling deb ataladi. Mazkur bobda boshqaruv hisobining muhim tarkibiy 
qismi bo‗lgan moliyaviy nazorat jarayonini tashkil etish tadqiq etilgan. 


157 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin