159
Bizningcha, tadqiqotchi Yu.A. Sheglovskaya ta'kidlaganidek, ««Chetlanish-
lar bo‗yicha boshqarish» tizimini joriy etganda chetlanishlarning uchta darajali
diapazoni, ya'ni eng past darajali chetlanishlar (2-4%), me'yor darajasidagi
chetlanish (5-7%), jiddiy chetlanishlar (8 % dan yuqorisi)ni ishlab chiqish
maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, yuz berishi mumkin bo‗lgan risklarga o‗z
vaqtida e'tibor qaratish imkonini beradigan limit va indikatorlar tizimi ham ishlab
chiqilishi lozim».
Mazkur chetlanishlar diapazoni va mezonlarini monografik
tadqiqotlar ob'ektimiz xisoblangan paxta tozalash korxonalari faoliyatini
byudjetlashtirishda qo‗llash, bizningcha, ijobiy samara beradi.
Shu o‗rinda xorijlik olimlar R. Garrison, E. Norin, P. Bryuer normativdan
chetlanishlarni tahlil qilish siklini yaratganligini e'tirof etishimiz o‗rinli hisoblanadi
(19-chizma).
Dostları ilə paylaş: