O‘zbek xalq o‘yinlarining tasnifi
Hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi o‘yinlar:
osilish va osilib chiqish: «Maymunchalar», «Oq ayiqlar»; yurish, yugurish: «Quvlashmachoq», «Mokki»; O‘tirib-turish: «Baqa», «Tovuq va tulkilar»; to‘xtash, sakrash: «Qarmoqcha».
Jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi o‘yinlar: kuch: «Tortishmachoq»; tezkorlik: «Kun va tun»; epchillik: «To‘p uchun kurash», «Lapta», «Qirq tosh», «Besh tosh»; chidamkorlik: «Quvib et»; egiluvchanlik: «Ko‘prik va muShuk», «Kurash», «Sapalak», «Xo‘roz jangi».
Aqliy-ruhiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi o‘yinlar: diqqat: «Ta’qiqlangan harakat»; xotira «Daqiqa»; hissiYot: «To‘xta»; tafakkur: «SHaxmat»; ayyorlik «Mendan zo‘r»; jasurlik «Cho‘nqa Shuvoq».
Uy-ro‘zg‘or ishlariga xos harakat malakalarini shakllantiruvchi o‘yinlar: «Supur-supur», «Qovun uzatishi».
Kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi o‘yinlar: «Burgut va burgutchalar», «Otishma».
Nutq va talaffuzni shakllantiruvchi o‘yinlar: «Kim oladi», «Oq terakmi, ko‘k terak», «Paxmoq kuchuk», «Jambalak sochli hola».
Hisob-kitob va tadbirkorlik qobiliyatlarini shakllantiruvchi o‘yinlar: «Besh tosh», «Lanka», «Qirq tosh».
Yilning turli fasllarida qo‘llanadigan o‘yinlar: «Barrak», «Yomg‘ir Yog‘oloq», «Chillak», «Topishmachoq top», «Lanka», «Tez ayt», «Yong‘oq».
Kunduz va tunda o‘tkaziladigan o‘yinlar : «Oq suyak», «Cho‘loq qarg‘a».
Suvda o‘tkaziladigan o‘yinlar: «Suvda quvlashmachoq «, «Tez suzish», «Suv ostida suzish».
Turli yoshda va kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘yinlar:
«Quvlashmachoq», «Bekinmachoq», «Bayroqcha uchun kurash», «Kun va tun», «Oq terakmi, ko‘k terak», «Yong‘oq o‘yini».
Nazorat savollari:
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan sport musobaqalari tizimi va sportda musobaqa faoliyati qanday xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
2. Musobaqa faoliyatiga ta’rif bering.
3. Sport musobaqalarida qatnashish musobaqa faoliyati ko‘rinishining qanday shakllari mavjud.
4. Harakatli va milliy o‘yinlar haqida tushuncha bering.
5. Harakatli va milliy o‘yinlarning turlari qaysilar?
6. Harakatli va milliy o‘yinlarni tashkil etish metodikasi nimalardan iborat?
7. Qanday o‘yinlar milliy o‘yinlar hisoblanadi?
8. Milliy va o‘zbek xalq o‘yinlarining o‘zaro farqi nimada?
9. Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qanday o‘yinlar o‘ynaladi?
10. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qanday sport o‘yinlari tavsiya etiladi?
Dostları ilə paylaş: |