Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


Elektron ta’lim resurslari



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə34/61
tarix04.02.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#82810
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
3 5 SOG\'LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYA TADBIRLARINI TASHKIL ETISH

Elektron ta’lim resurslari.

  1. http://www.lex.uz

  2. http://www.ziYonet.uz

  3. www. minsport.uz

  4. www.uz-djti.uz

  5. www.sportedu.uz





1. Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarining shakllari.


2. Sog‘lomlashtirish tadbirlariga tavsif va uning vazifalari.


Tayanch iboralar: Ertalabki badantarbiya mashqlari, sport turlari, mashqlar, jismoniy daqiqalar, mashg‘ulotlarni rejalashtirish,sayr vaqtida jismoniy mashqlar,yakka tartibdagi ishlar, jismoniy sifatlarni tarbiyalash, harakat ko‘nikma va malakalarining tashkil topishi.


1. Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarining shakllari.

(An’anaviy va noan’anaviy tadbirlar, ertalabki badantarbiya, chiniqtirish, mashg‘ulotgacha o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, katta tanafusdagi oyinlar, jismoniy mashq daqiqalari, suzish, yugurish va yurish, turistik sayr va sayoxatlar).



Ertalabki gimnastika bolaning oila, yasli bolalar bog‘chasidagi kundalik rejimining majburiy qismidir. Uning kattalar rahbarligida o‘tkazib turilishi bolalar asta-sekin yoqimli mushak sezgisi, ijobiy emotsiyalar xo‘shchaqchaqlik kayfiyatini uyg‘otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko‘nikishni tarbiyalaydi.
Ertalabki gimnastikaning ahamiyati rang-barang: u organizmning xayot faoliyatini yaxshilaydi, uyqudan so‘ng nerv tizimini harakatga keltiradi, bedorlikka o‘tish vaqtini qisqartiradi, ijobiy xislar uyg`otadi. Uyqudan so‘ng maxso‘s tanlangan jismoniy mashqlardan iborat ertalabki gimnastika bolani bo‘tun organizmini asta-sekin faoliyat holatiga jalb etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish bosh miya tizimi faolligini kuchaytiradi. Ko‘rish, eshitish, tayanch harakat, teri kabi barcha retseptorlardan bosh miyaga keladigan bo‘tun impulslar oqimi nerv tizimi ish qobiliyatini va organizmining xayot faoliyatini tiklaydi.
Ertalabki gimnastika to‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga ta’sir etib, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishini kuchaytiradi, modda almashishiga yordam beradi. Ertalabki gimnastika bolalarda diqqatni, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy faoliyatining oshishiga yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg‘ularini uyg‘otadi. Bolalarning jismoniy mashqlarni ochiq havoda yoki darcha derazalari ochiq xonada suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush) bilan o‘tkazishlari juda sog`lomlashtiruvchi samara beradi, nerv tizimining umumiy holati va funktsional imkoniyatlarini yaxshilaydi, uni mustahkamlaydi va chiniqtiradi qo‘zg`alish va tormozlanish jarayonlarining muqobillashuviga yordam beradi, almashinish reaktsiyalarini yaxshilaydi, shamollash va yuqumli kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi, bolalarda tetiklik, engillik, quvonch sezgilarini uyg‘otadi.
Bolalar organizmini chiniqtirish maqsadida suv harorati asta-sekin pasaytirib boriladi, bo‘nda shifokor ko‘rsatmasi asosida har bir bolaga yakka yondashishga rioya qilinadi.
Ertalabki gimnastikani o‘tkazish uchun avval o‘rganilgan mashqlar ichidan tanlanib, mashqlar majmuasi tuziladi.
Mashqlarni quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1.elka kamari mushaklarining rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi, elka bo‘g‘imlari, ko‘krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga, umurtqa pog‘onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar;
2.orqa mushagi va umurtqa pog‘onasi egiluvchanligini rivojlantirish va mustahkamlashga muljallangan, ichki organlarga massaj kabi ta’sir etuvchi, oyoq bo‘g‘imlarini rivojlantiruvchi mashqlar;
3.qorin va oyoq mushaklarini rivojlantirishga muljallangan mashqlar.
Mashqlar majmuasini tuzishda har bir yosh guruhining yosh va yakka xususiyatini hisobga olish lozim.
Ertalabki gimnastika birinchi kichik guruhdan boshlab joriy etiladi. Ertalabki gimnastikada harakatlarga o‘rgatilmaydi, shuning uchun tarbiyachi mashkni oldindan to‘shuntirishi va namoyish qilishi kerak emas. Kichik va o‘rta guruhlarda yilning birinchi yarmida tarbiyachi bolalarga mashqni o‘zi bilan birga bajarishni taklif etadi.
O‘rta guruhning ikkinchi yarmi va katta va tayyorlov guruhlarida u mashqlarni nomini qisqagina aytadi, dastlabki holat uchun bo‘yruq beradi. Mashq boshlashdan oldin va u tugagach, katta guruh bolalari asosiy tik holatda (tovonlarni juftlashtirib, oyoq uchlarini kerib) turadilar. Kichik va o‘rta guruhlarda bolalar oyoqlarni parallel holda biroz kerib turadilar, bo‘ yassi tovonlikni oldini oladi.
Ertalabki gimnastika so‘ngidagi sur’atni sekinlatib yurish, turgan holatida oyoqlarini biroz qutarib qadam tashlash, nafas olish mashqlarini bajarish bilan tugallanadi. Bu bola yurak pulsini normal xolga keltiradi
Maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya mashqlarini o‘z ichiga oladi. Ertalabki badan tarbiya mashqlarining bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga etkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport ertalabki badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko‘rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiya mashqlari ko‘p murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat.
Ertalabki badantarbiya amaliy mashqlarning bir ko‘rinishidir. Ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to‘la ravishda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun qo‘llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo‘llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg‘imchoqlar, to‘plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg‘ulotlar halqalarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o‘rmalash, oshib o‘tish)
Ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotdan oldin o‘tkaziladi. Uning ahamyati: organizmni chiniqish jarayoniga tayyorlashdir.
Ertalabki badantarbiya 7-15 daqiqa davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5- 7 ta mashg‘ulotdan iborat. Eng ko‘p og‘irlik mashg‘ulotlarning o‘rtasida o‘tkaziladi.
Bolalar bog‘chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo‘lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg‘ongach (5-7 daqiqadan so‘ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to‘g‘ri o‘sishidagi ko‘nikmalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo‘lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi.
Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo‘ladi. Ertalabki jismoniy mashg‘ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniqsa, proporsiya-retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez ko‘zg‘alishiga va mehnatga yaroqliligi me’yorini qayta tiklaydi.
Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan bo‘ladigan ta’sirlari birgalikda o‘tkazilsa, nerv sistemasining ko‘zg‘alish jarayoni tezroq yo‘lga qo‘yiladi. Tashqi muhitdagi ayrim hodisalarning ta’sirlari (suv jaraYonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining ko‘zg‘alishi bilan bir qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi. Ertalabki jismoniy mashqlar gavdaning, mushak guruhlarining hamma qismlarini harakatga keltirish, qon aylanishining kuchayishiga yordam beradi. Yurak va o‘pka me’yoriy faoliyatining qayta tiklanishi, odatdagi moddalar almashinuvi darajasini oshiradi. Kuchlarni, tezlikni va koordinatsiyalarni, harakatlanish apparatlari va ichki a’zolarning fiziologik vazifalarini markaziy nerv tizimi tomonidan doimiyligini yaxshilaydi, sistematik ravishdagi mushak mashqlari davomida rivojlanuvchi mushaklarning o‘ziga xos kimyoviy xususiyatlarini saqlab kolishga yordam beradi.
Mashqlar charchoq keltirib chiqarmasligi lozim. Shuning uchun asta-sekin sodda mashqlardan biroz murakkab mashqlarga o‘tish lozim, shu bilan bir qatorda, asta-sekinlik bilan organizmga kuchlanishni oshirib borish lozim. Kuchlanishlar mashqlarning qiyinlashuvi, kaytarilishlarning soni hisobiga, harakatlar tezlik darajasining oshishi va ayrim mashqlar orasidagi to‘xtalishlarni kamaytirish hisobiga oshiriladi.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin