Strengths – kuchli tomoni, tashkillashtirishning ichki manbalari mavjudligi nazarda tutiladi;
Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolarning mavjudligi;
Opportunities – tashkillashtirishdan tashqarida rivojlanish uchun mavjud, imkoniyatlar;
Threats – tashqi muhitda tashkillashtirishni muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi xavf-xatarlar.
V. KEYSLAR
MINI-KEYS
(aniq muammoli vaziyatdan iborat kichik keys)
1-Muammoli vaziyat (mini-keys):
“Sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida harakatli va milliy o‘yinlari bilan shug‘ullanishi uchun sport mashg‘ulotlari qay tarzda o‘tkazish mumkin?”
Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lomshtirish-jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘zlari mustaqil ravishda xavas qilib, ta’lim muassasi sport inshootida faoliyat yuritayotgan sport turlari bo‘yicha seksiyasiga kelib, jismoniy tarbiya instruktoriga murojaat qilib va u bilan tanishib, unga o‘z niyatlarini bildirishdi. Jismoniy tarbiya instruktori ular bilan suhbatlashib, sport seksiyasidagi mavjud shart-sharoitlar, mashg‘ulotlar tartibi to‘g‘risida ma’lumot berib, mashg‘ulotlarni umumiy guruh tarkibida ertadan boshlasa bo‘laveradi deb jismoniy tarbiya instruktori talabalarga to‘liq ma’lumot beradi
Kichik (4-5 tinglovchi) guruhlarga bo‘linib, mazkur vaziyatni taxlil qiling va fikringizni bildiring.
Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar:
Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang (individual va kichik guruhda).
Tinglovchilar sport turi bo‘yicha jismoniy tarbiya instruktori tomonidan amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalar ketma-ketligini ishlab chiqing va vaziyatni hal qilish uchun echimni belgilang (juftliklardagi ish).
Dostları ilə paylaş: |