2-Muammoli vaziyat (mini-keys): “Sport bilan Shug‘ullanishda salomatlikning boshlang‘ich xolati ahamiyatlimi?” 6 yoshli qiz bolaning qomati asimmetrik rivojlanib kelmoqda. Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra u tegishli davo muolajalarini olishi kerak. Biroq ommaviy ahborot vositalari orqali aholini sport bilan shug‘ullanishi lozimligi keng targ‘ibot qilinib kelyapti va buni ko‘rib eshitgan ona badiiy gimnastika bilan shug‘ullanayotgan qizchalarning qomati odatda chiroyligi, tana o‘lchamlari mutanosibligiga ahamiyat berib, qizini aynan badiiy gimnastika sport turiga berish maqsadga muvofiq bo‘lib, natijada qizi ham jismonan rivojlanib, ham xastalikdan xalos bo‘lishiga ishonch hosil qiladi.
Kichik (4-5 tinglovchi) guruhlarga bo‘linib, mazkur vaziyatni taxlil qiling va fikringizni bildiring. Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar:
Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang (individual va kichik guruhda).
Shifokor tavsiyasiga ko‘ra 6 yoshli qizning ota-ona tomonidan bajariladigan vazifalar ketma-ketligini ishlab chiqing va vaziyatni hal qilish uchun echimni belgilang (juftliklardagi ish).
3-Muammoli vaziyat (mini-keys): “Sport turiga a’zo bo‘lgan bolalar sport inshootlarida shug‘ullanish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?” Murabbiylar kengashida quyidagi muammo o‘rtaga tashlandi: sport inshootlarida 125 nafar bolalar engil atletika, suzish, gimnastika, badiy gimnastika, futbol, sport turlari bo‘yicha ta’lim olishadi. Sport inshootlarida bolalarning sport turlari bo‘yicha taqsimlanishi turlicha bo‘lib, natijada murabbiylarning o‘quv yuklamasi xaddan tashqari ortib ketgan, boshqa murabbiylarniki esa aksincha – o‘quv soatlari ham, o‘quv yuklamasi ham bajarilmay kelayapti. Masalan, engil atletikada 120 nafar, badiy gimnastikada 35 nafar, suzishda 70 nafar, sport gimnastikasi va akrobatikada 115 nafar o‘quvchi shug‘ullanadi. Shu vaziyatda kengash a’zolari bolalarni sport turlari bo‘yicha nisbatan teng taqsimlash lozimligini etib o‘tib, buning uchun eng oson va qulay yo‘li, o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularni “ommabop”roq sport turidan qatnovchilari kamroq sport turlariga o‘tkazishni maqbul ko‘rishdi. Ammo bu fikrga kengashda ishtirok etayotgan maktab uslubchisi va shifokori qarshilik bildirishdi.