Milliy tiklanish — u yoki bu millat hayotida sodir etiladigan, zo‘ravonlik yo‘li bilan uning avlod-ajdodlari tomonidan yaratilgan meros, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlardan mahrum etilgan, tarixiy xotirasi toptalgan, milliy o‘zlikni anglashi cheklangan, manfaatlari, maqsadlari, paymol etilgan, tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib esa o‘z mustaqqilligini qo‘lga kiritish natajasida milliy rivojlanish borasida ana shu boy berilgan imkoniyatlardan foydalanish, yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarnn milliy rivojlantirishga yo‘naltirishga qaratilagn umummilliy faoliyatdir. Milliy tiklanishning asosiy yo‘nalishi tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida u yoki bu millat tomonidan milliy taraqqiyot borasida boy berilgan imkoniyatlarini mustaqillikni qo‘lga kiritish sharofati bilan yana milliy rivojlanishning asosiy manbaiga aylantirish borasidagi umummilliy va milliy o‘zlikni anglash jarayoni faoliyati bilan bog‘liqdir.
Mustaqillik milliy o‘zligimizni, or-nomus va g‘ururimizni, insoniy qadr-qimmatimizni qayta uyg‘otdi, ona tilimizni, dinimizni, qadriyat va an’analarimizni qaytarib berdi. Qadimiy tariximiz, milliy davlatchiligimiz tiklandi. Milliy tiklanish deganda milliy o‘zlik tuyg‘usining uyg‘onishi va tobora mustahkamlanib borishi tushuniladi. Milliy o‘zlikni anglash mamlakat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi, milliy ong insonda Vatanga muhabbat his-tuyg‘usini oshirishda, har tomonlama komil inson shaxsini tarbiyalashda bebaho ichki omildir.
Milliy o‘zlikni anglash tarixni o‘rganishdan boshlanadi. Tarixni bilmasdan turib inson o‘zligini topishi amri maholdir. O‘zining milliy davlatchilik, milliy madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotining tarixiy tajribasini o‘zlashtirmagan xalq milliy tiklanishga qodir emas. Milliy o‘zlikni anglash va milliy tiklanish orqali biz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda oldimizda turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal eta olamiz.
Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon цivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Tarixiy tajriba, an’analarning meros bo‘lib o‘tishi - bularning barchasi yangidan yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog‘i lozim.
Xalqimizning kelajagi, eng avvalo, uning o‘ziga, ma’naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog‘liqdir. Moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma’naviy va aqliy o‘sish ehtiyojiga G‘ov bo‘lmasligi lozim. Ma’naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib keldi. Bizning an’anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo‘shilishining garovidir.7
Xulosa o‘rnida aytish lozimki, O‘zbekiston mustaqillik tufayli mustaqil demokratik taraqqiyot yo‘lini tanladi. O‘ziga xos va mos taraqqiyot, demokratik huquqiy davlat qurish vazifalarini amalga oshirishga kirishdi. Shuningdek, mustaqillikning o‘tgan yillari milliy tiklanish yillari bo‘ldi. Bu xalqimizning milliy o‘zligini anglashi, milliy ma’naviy qadriyatlarning tiklanish bilan uzviy bog‘liq. Bu mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |