2. Sud-huquq tizimini isloh qilish borasida inson huquqlari va manfaatlarini sud orqali himoya qilishni va sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar nazarda tutilgan bo‘lib xususan, jinoyat-proцessual qonun hujjatlariga kiritish taklif etilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarga muvofiq jinoiy ishlarni sudga qadar yurituv bosqichida dastlabki tergov organlarining faoliyati ustidan sud nazorati kuchaytirilishi, lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi proцessual majburlov choralari uchun sankцiyalar berish vakolatlari prokuraturadan olinib, ko‘shimcha ravishda sudga o‘tkazilishi, jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish huquqini sud vakolatlaridan chiqarish va birinchi instanцiya sudida ish bo‘yicha ayblov xulosasini o‘qib eshittirish majburiyatini faqat prokuror zimmasiga yuklash sudning mustaqilligini mustahkamlashga, jinoyat ishlarining ko‘rib chiqilishi vaqtida xolislik, beg‘arazlik va adolatni, jinoyat proцessida tortishuv prinцipini ta’minlashga qaratilgan masalalarni qamrab olgan edi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning inson huquqlari va erkinliklarini qo‘llab-quvvatlash hamda himoya qilishga, jinoyatchilikka qarshi kurashga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatida qonun ustuvorligini, qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qonunchilikka doir chora-tadbirlar qabul qilingan edi. Jumladan, "Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunni qabul qilish. Shuningdek, konцepцiyada davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan, prokuratura organlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlashda Adliya vazirligining rolini kuchaytirishga masalalariga urg‘u berilib, huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga e’tibor qaratildi.
Konцepцiyaning sud-huquq tizimini isloh qilishga doir qismidagi takliflarni ro‘yobga chiqarish huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini saqlashning yuridik mexanizmlarini yaratishga, davlat hokimiyati organlari ustidan keng jamoatchilik va fuqarolar nazoratini ta’minlashga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |