Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə24/62
tarix10.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#53564
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
1.1.-modul-mazhmuasi-stm-trener-ukituvchi

Strategiya bu – strategik fikrlash, chuqur bilim va intuiцiya asosida muhitni, kelgusi sharoitlarning mavjud prognozlarini tizimli tahlil qilish natijasidir. Ushbu tahlilning yakuniy mahsuli – bu o‘zidan avvalgi prognoz, vazifa, nuqtai nazar, ustuvorliklar va uzoq muddatli maqsadli vazifalarni rejalashtirish orqali bajarilishini talab qiladi.

Strategiya bu – kelajak va noma’lumlik parokandaligi orqali sinovdan o‘tgan ustuvorliklar va maqsadlar sari yo‘naltiruvchi g‘oyalar majmuasi. Bu resurs cheklanganligini baholash orqali harakatlarning to‘g‘ri tanlangan yo‘nalishi bilan boyitilgan donishmandlik13.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:

davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:

davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:

xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;

mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish;

ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.

II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:

sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:

fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish;

2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish:

jinoyat va jinoyat-proцessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish;

odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvining proцessual asoslarini takomillashtirish;

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:

jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;

diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;

korrupцiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupцiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish;

2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish:

davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish:

makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va instituцional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

3.2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:

milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;

ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investiцiya siyosatini olib borish;

3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:

tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;

3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan instituцional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:

xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga oshirish;

3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:

aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;

byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyaцiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish;

4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:

aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirgan holda sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo‘g‘inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;

4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:

aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;

aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;

4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:

uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstrukцiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;

bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstrukцiya qilish;

kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;

ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;

ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.

4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:

jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:

O‘zbekiston Respublikasining konstituцiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;

axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish;

fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;

davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;

favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.

5.2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:

davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish;

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin