2.1. O‘zbekiston taraqqiyotining milliy yuksalish bosqichida harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning ustuvor yo‘nalishlari.
Bugun O‘zbekiston o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lida yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizda fuqarolarga o‘z iqtidorini ko‘rsata olish va orzularini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan tizim shakllandi. Amaliyotga tadbiq etilgan qonun ustuvorligi tamoyili fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlik xususiyatlarini jonlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev mamlakat taraqqiyotining kompleks dasturini ilgari surdi. Bu hujjat «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»11 deb nomlandi. Tarixiy rivojlanish qonuniyatlari aniq va to‘g‘ri mo‘ljalli - strategiya jamiyat orzularini real hayotiy natijalarga aylantirish mumkin bo‘lgani kabi Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasiga ham mamlakatni har tomonlama rivojlantirishga oid istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi konцeptual g‘oyalar asos bo‘ldi. Mazkur Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; ijtimoiy sohani rivojlantirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bo‘yicha 5 ta ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
Harakatlar strategiyasidagi Harakat - so‘zi arabcha qo‘zg‘alish so‘zidan olingan bo‘lib, O‘zbekiston taraqqiyotining milliy yuksalish boqichida aholining barcha qatlamini ma’rifatga, tashabbusga, ijodga taraqqiy etishga qo‘zg‘atish, uyg‘otish ma’nosida ishlatilgan.
“Strategiya” tushunchasi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib aslida “jang san’ati” ma’nosini bildiradi. Bugungi kunga kelib “strategiya” keng tushunchaga aylanib , turli siyosiy-ijtimoiy sohalarda qo‘llanilmoqda. Jumladan, “Davlat strategiyasi” siyosiy terminologiya sifatida bugungi kunda fan nazariyasi va amaliyoti darajasida o‘zining alohida tushuncha va kategoriyalariga ega bo‘lib:
Uzoqqa mo‘ljallangan rejalashtirish san’ati;
Boshqaruv va rahbarlik mahorat san’ati;
Siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qilish san’ati:
Aholini ma’lum maqsadlar sari safarbar etish san’ati:
Mavjud resurslardan oqilona foydalanish san’ati:
Taqsimlash va samaradorlikni ta’minlash san’ati kabi tushunchalarni qamrab oladi.12
Strategiya – bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |