2.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalarining mazmun mohiyati.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida O‘zbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli xalqimiz hayotida tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, uning dunyoqarashi, ongu tafakkuri yuksalmoqda. Ushbu jarayonlarda jamiyatimizda yangicha qadriyat va an’analar shakllanmoqda. Ana shunday muhim yangilik va an’analardan biri – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yili yangi yil arafasida (2017 yilda 22 dekabr kuni, 2018 yilda 28 dekabr kuni, 2020 yilning 24 yanvar, 2020 yil 29 dekabrda e’lon qilindi) mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma bilan chiqishidir. Mamlakatimiz siyosiy hayotidagi ana shu ulkan yangilik jamiyatimizdagi ijtimoiy munosabatlarni sifat jihatidan o‘zgartirmoqda. Xalqimiz yangi yil bilan birga kelgusi yil yurtimiz hayotida qanday ma’no-mazmunga ega bo‘lishi Prezidentimiz Murojaatnomasida bu borada qanday maqsad va vazifalar belgilab berilishini ham kutmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etildi.
Dostları ilə paylaş: |