Xususiylashtirish va transformatsiya jarayoni davom etadi.
1. Davlat kompaniyalarini transformatsiyalash jadallashtiriladi. Prezident iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish kerak, deb hisoblaydi. Kelgusi yilda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati», «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekgidroenergo», «O‘zavtosanoat» akцiyadorlik jamiyatlari xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb etish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Joriy yilda Milliy bank va Ipoteka bank yevroobligatsiyalar chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Endi navbat davlat korxonalariga. Albatta yevroobligatsiya chiqarish uchun, avvalo, xalqaro reyting olish kerak.
Reyting olish davomida korxonalar faoliyati va ularning bozori to‘liq o‘rganiladi. Ulardagi mavjud muammolar reyting agentliklari tomonidan baholanadi. Bu esa davlat kompaniyalarini yanada samaraliroq va ochiq-oshkora ishlashga undaydi.
Shuning uchun elektr energetikasi, neft-gaz va kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korxonalar hamda tijorat banklarini isloh qilishga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda MacKenzie, Boston Consulting Group, Rothschild kabi xalqaro tan olingan kompaniyalar jalb etildi.
Ta’kidlanishicha, 2021 yilda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |