Kambag‘allikka qarshi kurashish 2021 yilning asosiy iqtisodiy masalasiga aylanadi.
1. 2021 yil 1 martdan boshlab, aholining minimal iste’mol xarajatlari e’lon qilinadi. Shuningdek, hukumat ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirib, ularni minimal me’yor darajalarida bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqadi.
Kambag‘allik muammosi haqida gapirish, uni rasmiy minbardan tan olish bosqichidan o‘tdik. Keyingi marrada kambag‘al aholi kim degan savolga javob berish zarur. Aholining minimal iste’mol xarajatlari mana shu masalaga oydinlik kiritadi. Bundan tashqari, eng kam iste’mol xarajatlarini e’lon qilib borish O‘zbekiston Respublikasi Konstituцiyasi 39 moddasining to‘liq ijrosini ta’minlash uchun ham xizmat qiladi.
Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Konstituцiyasi 39 moddasi.
2. Sotsial reestr ishga tushadi. Kambag‘allik hisobini aniq yuritish va aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam berishni osonlashtirish uchun ijtimoiy reestr ishga tushadi. Kelgusi yildan to‘liq ishga tushadigan «Ijtimoiy reestr»da «temir daftar»dagi barcha ma’lumotlar qamrab olinib, ehtiyojmand oilalarga 30dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron shaklda ko‘rsatiladi. Aslida sotsial reestrning joriy etilishi davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamning haqiqiy egasiga borishi ham ta’minlanadi, negaki, barcha ro‘yxat va xizmatlar elektron, shaffof yuritilishi rejalashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: |