Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


VI. Konцepцiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə31/62
tarix10.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#53564
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
1.1.-modul-mazhmuasi-stm-trener-ukituvchi

VI. Konцepцiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar bandida konцepцiyaning asosiy yo‘nalishlari ularni demografik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi davlat siyosatining boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirish zarurligini hisobga olgan holda belgilandi. Kutilayotgan natijalar samaradorligi va unga erishish darajasi Konцepцiyada ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning doimiy monitoringi natijalari asosida baholanadi. Oilani mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va O‘zbekistonda yangi oila modelini shakllantirishga qaratilgan quyidagilar mazkur Konцepцiyani amalga oshirish samaradorligining ko‘rsatkichlari bo‘ladi:

-farzand tarbiyasida oilaning javobgarligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, saqlash va rivojlantirish, oila a’zolarining huquqlariga rioya qilish;

-oilalarda tinch, do‘stona va ahillik muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga aniq mazmun baxsh etish;

-oila instituti sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning aniq maqsadga qaratilganligini hamda dolzarbligini ta’minlaydigan tizimni joriy qilish va tadqiqotlar natijalarini amaliyotda qo‘llash;

-oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, oilalar farovonligini hamda tinch-totuvligini ta’minlash tizimini rivojlantirish;

-oilalarga ta’sirchan, sifatli, uslubiy va konsultativ yordam berish hamda og‘ir turmush sharoitida, ularning oilaviy muammolarini hal qilishda amaliy ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirish;

-amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda oilalardagi nizolar va ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha ta’lim tizimini takomillashtirish;

-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli vaziyatlarni hal qilish, ajrashishlarning oldini olish sohasida, shuningdek, oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha kadrlar malakasini oshirishning samarali shakllarini joriy etish;

-jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda, mustahkam oilalarni shakllantirishda, sog‘lom farzandlar tug‘ilishida, sog‘lom turmush tarziga amal qilishda, bolaning oilada yashash va tarbiya olish huquqini ta’minlashda, barkamol avlodni tarbiyalashda, munosib keksalikni ta’minlashda oilaning o‘rni va rolini oshirish belgilab olindi.

2018 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan ko‘rsatilgan sohaning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi, ular sirasida:

«Jaholatga qarshi ma’rifat» ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish;

islom va jahon цivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish;

dinni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadigan buzg‘unchi yot g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish;

jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish;

jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish;

diniy-ma’rifiy tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, soha vakillari mehnatini munosib rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;

globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan axborot-tahliliy faoliyatni kuchaytirish;

diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligini rivojlantirish asosida ta’lim sifatini oshirish, diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuzilmasida Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi tashkil etildi, u diniy mavzularga oid adabiyotlar, Internet va OAV materiallarini chuqur tahlil qilish, diniy-ijtimoiy muhitning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini amalga oshiradigan axborot-tahliliy tuzilmasi hisoblanadi.

O‘zbekiston islom akademiyasi va Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Akademiya tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega bo‘lgan Malaka oshirish markazi tashkil etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi «Ziyo» media markazi dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qiluvchi, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi asosiy media tuzilma sifatida shakllantiriladi.

Shuningdek, oliy diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif qabul qilindi hamda 2018 yil 1 noyabr kuni 896-sonli “Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Hadis ilmi maktabi tashkil etildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosiy fikrlar

Shavkat Mirziyoev joriy yilni 2020 yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” nomlashni taklif etdi, parlamentariylar buni ma’qulladi. Ushbu yilda Nukus, Buxoro, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida IT-parklar tashkil etiladi. «Elektron hukumat» tizimining barcha tashkiliy va institutsional masalalari hal etiladi. Shuningdek, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirishishlari boshlanadi. Yaqin ikki yilda barcha qishloq va mahallalar tezkor internet bilan ta’minlanadi.

Ikki oy muddat ichida «Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi ishlab chiqilishi kerak. Ishlarni tizimli tashkil etish uchun hukumatda bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi.

2020 yil 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan murojaatnomada ham ko‘p masalalar, xususan, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi rahbarlari, bozor ishtirokchilariga  kuchli messej berildi. Quyida murojaatnomada davlat rahbari tomonidan bildirilgan asosiy tezislar keltiriladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin