Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


III. Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə29/62
tarix10.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#53564
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
1.1.-modul-mazhmuasi-stm-trener-ukituvchi

III. Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish. Bu yo‘nalishda oilaning reproduktiv salomatligiga va demografik rivojlanishiga doir masalalarni, oilalarning farovonlik va xotirjamlik darajasini kompleks tadqiq etish hamda muammolarni omilli asosda tahlil qilish, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish tizimini takomillashtirish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning, tug‘ma nuqsonlar bilan bolalar tug‘ilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishga katta ahamiyat qaratiladi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha yagona yondashuvni ishlab chiqish va o‘quv dasturlarini tizimlashtirish, oilaning oqilona reproduktiv axloqini va oilani rejalashtirishni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish vazifalari ko‘rib chiqiladi.

Oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, voyaga yetmagan farzandlarni, nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalarni, shuningdek, yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish, oila a’zolarini tadbirkorlik asoslariga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni, kasanachilikni, hunarmandchilikni, yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Voyaga yetmagan farzandlarni, nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalarga o‘zlariga tegishli yer uchastkalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari belgilanadi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin