Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-son Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konцepцiyasi” tasdiqlandi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə26/62
tarix10.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#53564
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
1.1.-modul-mazhmuasi-stm-trener-ukituvchi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-son Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konцepцiyasi” tasdiqlandi.

Konцepцiyaning asosiy maqsadlari etib 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish va liberallashtirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish belgilandi.



O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konцepцiyasi quyidagi yo‘nalishlardan iborat:

I. Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining instituцional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish:

II. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari (funkцiyalari, vakolatlari)ni, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohasini aniqlashtirish, muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik jarayonlarini takomillashtirish:

III. Iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish:

IV. Vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish:

V. Davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish:

VI. Professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida korrupцiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish:

2018 yil 27 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konцepцiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konцepцiyasi” ta’lim-tarbiya sohasidagi uyg‘unlikni ta’minlashga qaratildi.

Konцepцiyaga muvofiq oila institutini mustahkamlashning instituцional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish, oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish belgilandi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin