I. Oila institutini mustahkamlashning instituцional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish. Bunda:
Normativ-huquqiy hujjatlar normalarini ularning oila institutini mustahkamlash hamda rivojlantirishga ta’siri nuqtai nazaridan baholash, huquqni qo‘llash amaliyotini, tadqiqotlar natijalarini hamda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida oilani himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asosni yaratishga ahamiyat qaratiladi. Ular ko‘p bolali oilalarga va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga imtiyozli kreditlar (ipoteka, iste’mol va boshqa) berishni va yer maydonlarini taqdim etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishga doir masalalar sirasiga kiradi.
Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini ifodalovchi hamda ularning hayoti va faoliyatining asosiy tendenцiyalarini aks ettiruvchi statistika ko‘rsatkichlari tizimini takomillashtirish, tadqiqotlarni moliyalashtirishning moslashuvchan tizimini joriy etish, shu jumladan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish, olib borilayotgan tadqiqotlarning oilalar real ehtiyojlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |