Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


Bozorlarni monopoliyadan chiqarish ishlari jadal bo‘ladi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə35/62
tarix10.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#53564
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
1.1.-modul-mazhmuasi-stm-trener-ukituvchi

Bozorlarni monopoliyadan chiqarish ishlari jadal bo‘ladi.

1.  2021 yilda davlat va xususiy elektr stanцiyalari, hamda iste’molchilar o‘rtasida elektr energiyasi ulgurji bozorini shakllantirish boshlanadi. Prezident nutqida tadbirkorlarni bu bozorlarga jalb etgan holda, ular tomonidan energiya mahsulotlarini import qilish orqali yoki mamlakat hududida ishlab chiqarib, erkin sotishi uchun imkoniyatlar yaratilishiga ishora mavjud. Bu bilan tez orada energiya resurslari tanqisligi muammosini bartaraf etish mumkin bo‘ladi.

2. Tabiiy gaz ta’minoti sohasida monopoliya bekor qilinadi, ishlab chiqaruvchi va importyorlar birjada gazni sotish, ulgurji iste’molchilar esa gazni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Suyultirilgan gaz bozorida xususiy sektor ishtiroki kengaytirilib, uning importiga bojlar bekor qilinadi. Ushbu tashabbuslar ham mamlakatdagi energiya tanqisligi muammosini yechishga qaratilgani bilan diqqatli.

3. 1 martdan boshlab kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda kumush 2ta korxona, ya’ni Navoiy kon metallurgiya korxonasi va Olmaliq kon metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqariladi. Ammo, korxonalar ishlab chiqargan kumush mahsulotini jahon bozoridagi narx bo‘yicha faqat Markaziy bankka sotishga majbur hisoblanadi. Bu boradagi liberalizatsiya, bir tarafdan kumush buyumlari ishlab chiqarish ichki bozorini rivojlantiradi, ikkinchidan, bu ikkita korxona transformatsiyada muhim qadam hisoblanadi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin