Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha beshta muhim tashabbusi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə37/62
tarix10.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#53564
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
1.1.-modul-mazhmuasi-stm-trener-ukituvchi

2.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha beshta muhim tashabbusi.

«Yoshlarga oid Davlat siyosati» to‘g‘risidagi qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma’qullandi. Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir. Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmon bandlaridan birida “Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olgan holda, respublikaning barcha harbiy akademik liцeylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berilsin”, deb belgilangan. 

Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, “Temurbeklar maktabi”, “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari” deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda

Yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish xalq ta’limi sohasidagi davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllanmoqda. Bu borada “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlarimiz aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rol o‘ynamoqda. Buning natijasida yuzlab tuman, shahar va qishloqlarning me’moriy qiyofasi tubdan yangilanmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 19 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan kompleks chora tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni ilgari surdi.

Ana shu 5 ta muhim tashabbus ezgu g‘oya sifatida Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Bu ishlar Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida va Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Ma’rifat karvoni” tashkil etildi.

Ushbu 5 tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Butun mamlakat bo‘ylab keng quloch yozayotgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirishda juda katta ezgu g‘oya, hikmat, ilmiy tafakkur mahsuli bo‘lgan ulug‘ maqsad-muddaolar bor.

Bular quyidagilar: Birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Chunonchi, farzandlarimizni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atga oshno qilishga qaratilgan birinchi tashabbus yuksak did, yuksak farosat sohiblarini tarbiyalashga qaratilgan intilishlarni o‘zida mujassam etgan. Axir birgina musiqaning o‘zi inson ruhiyatiga beqiyos ijobiy ta’sir etuvchi qudratli kuchdir. San’at, shubhasiz, insonni, borliqni anglashga, uning bor jozibadorligini his etishga o‘rgatadi, ezgulikka chorlaydi.

Mazkur tashabbus bo‘yicha 2019-2020 yillarda 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafar yoshni madaniyat va san’at sohasiga jalb etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, xonandalik, tasviriy san’at to‘garaklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllari tashkil etiladi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin