Besh tashabbus – shaxs kamoloti uchun zarur bo‘lgan 5 muhim omilni, xususiyat, xislat, fazilatni shakllantirish uchun yagona makonda barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish demakdir. Besh tashabbus – “Yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart!”, deya qat’iy ahd qilgan, zehni o‘tkir, madaniyatli, vijdonli, vatanparvar, jismonan chiniqqan, kreativ fikrlaydigan, dunyodagi ilg‘or tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan yoshlarni tarbiyalash demakdir.
Besh tashabbus – yangilanayotgan O‘zbekistonning yangi avlodini shakllantirishning eng maqbul paradigmasi – konцepцiyasidir.
Agar ushbu tashabbuslarning barchasi bir joyda, ya’ni mahallada mujassamlashsa, bilingki, shu mahalla farzandlari baxtiyor voyaga yetadi. O‘z ishiga, daromadiga, oilaviy farovonlikka erishgan shu hudud xotin-qizlaridan baxtli ayollar bo‘lmaydi. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan g‘oyaning asl qadr-qimmati va mohiyati ham shunda.
Mahallalarda madaniyat markazlari, zamonaviy kutubxonalar, kitob o‘qish uchun sokin joylar, zamonaviy to‘garaklar, kompyuter va tezkor internet, Wi-Fi hududlari, kovorking xonalari, raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari, amfiteatrlar, universal sport maydonlari bunyod etilmoqda. Bu ob’ektlar zarur o‘quv qo‘llanmalari, badiiy adabiyotlar, musiqa va cholg‘u asboblari, sport jihozlari, optik tolali aloqa liniyalari bilan ta’minlanmoqda. Xotin-qizlarimiz uchun muqim, munosib ish o‘rinlari yaratilyapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 3 aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Ularga asosan har bir yo‘nalish bo‘yicha dasturlar loyihalari ishlab chiqish vazifalari yuklatiladi.
Yig‘ilishda mazkur dasturlarga kiritilgan takliflar, ularni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi. Xususan, birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etishga oid dastur loyihasi tayyorlangan. Unga muvofiq, 2019−2020 yillarda 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafar yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish bo‘yicha hududiy “yo‘l xarita"larini tasdiqlash ko‘zda tutiladi. Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, xonandalik, tasviriy san’at to‘garaklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllarini tashkil etish belgilanadi. Yangidan quriladigan, rekonstrukцiya va kapital ta’mirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlari manzilli ro‘yxati ham shakllantiriladi.
Shavkat Mirziyoev dastur loyihasida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari yetarli emasligi, har bir shahar va tumanga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilgan soha namoyandalarining amaliy vazifalari aniq belgilanmaganini qayd etdi. Hududiy «yo‘l xarita"lari ijrosini tizimli tashkil etish, to‘garak va sinflarga qamrab olingan bolalarni rag‘batlantirish, jumladan, har xil tanlovlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
Belgilangan qurilish, rekonstrukцiya va kapital ta’mirlash ishlari, shuningdek, madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarini musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlash uchun tegishli mablag‘ ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.
Dostları ilə paylaş: |