Ikkinchi tashabbus yuzasidan tayyorlangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgan dastur loyihasida yaqin 2 yilda har bir tumanda yengil konstrukцiyali, sendvich panelli kichik sport zallari qurish belgilangan. Prezident mavjud va yangi quriladigan sport inshootlariga aholi va yoshlarni kengroq jalb etish, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.
Uchinchi tashabbus — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019−2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilmoqda. Yig‘ilishda aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni to‘g‘ri yo‘naltirib, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasi to‘rtinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan. Unga ko‘ra, har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, axborot-kutubxona markazlarini rekonstrukцiya qilish va kapital ta’mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish ham belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |