vakillik muassasasi deputatining davlat boshqaruv organiga yoki mansabdor shaxsga mazkur vakillik muassasasi vakolatiga kiradigan masala bo‘yicha axborot va tushuntirishlar berish talabi bilan murojaati.
JAMOAT TASHKILOTI
fuqarolik jamiyati institutlarining muhim shakllaridan biri bo‘lib, o‘z huquqlari, erkinliklarini xamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat tashkiloti sifatida e’tirof etiladi.