DAVLAT BOSHLIG‘I
|
(inglizcha “head of the state”) -oliy davlat lavozimi bo‘lib, u ijro hokimiyati soxibi va tashqi munosabatlar sohasida davlatning oliy vakili hisoblanadigan shaxs. Monarxiyalarda ––Buyuk Britaniya, Daniya, Shveцiya,Ispaniya, Yaponiyada – d.b. monarx (korol, imperator, emir) bo‘lib,uning hokimiyati qoidaga ko‘ra, hukmron shajara vakilidan keyingisiga qonunga binoan meros tariqasida o‘tkaziladi. Respublikalarda (Italiya, Franцiya, GFR, AQSh, Lotin Amerikasi davlatlari va b.) d.b. prezident bo‘lib, u yoki bevosita aholi tomonidan saylanadi (Meksika, panama, Kolumbiya), yoki bilvosita (AQSh, Argentina), yoxud ko‘p bosqichli saylovlar (Italiya, GFR, Hindiston) natijasida saylanadi. Ko‘pchilik davlatlarda individual davlat rahbari mavjud, prezidentlik respublikalarida davlat rahbari ayni paytda hukumat rahbari ham hisoblanadi.(AQSh, Meksika, Argentina, Afrikaning ayrim davlatlarida).
|
DAVLAT ORGANI
|
davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, u davlat oldida turgan vazifa va funkцiyalarning muayyan konkret qismini, yo‘nalishini amalga oshiradi va shu maqsadda tegishli davlat-huquqiy vakolatlarga, zaruriy kompetenцiyaga ega bo‘ladi.
|
DEPUTAT
|
(lotincha deputatus – “vakil”) – qonunchilik yoki davlatning boshqa vakillik organiga saylangan shaxs, aholining ma’lum qismi – o‘z saylov organi saylovchilarning yoki butun millatning vakili
|
|
Dostları ilə paylaş: |