vakillik, deputatlik) (lot. mandatum - topshiriq) — birorta vakillik muassasasi deputati vakolatlarining qonuniyligini, deputat vakolatlari, huquq va majburiyatlari hajmini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, parlament yoki boshqa vakillik hokimiyati organi deputati zimmasiga yuklatiladigan ommaviy vazifa, uning mazmuni (mandat xarakteri) konstituцiya va boshqa konstituцiyaviy-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Hozirgi demokratiya davlatlarida Mandatning huquqdorligi deputatning daxlsizligi (immunitet) va deputatlik faoliyati uchun taqdirlov puli olish (imdemnitet)ni o‘z ichiga oladi. Mandat deputatning o‘z saylovchilari bilan o‘zaro munosabat shaklini ham belgilaydi. Hozirgi demokratiya davlatlarida umummilliy Mandat deb atalmish mandat bor, unga ko‘ra deputat qandaydir aniq bir saylov okrugining emas, balki butun millat vakili hisoblanadi. Deputat o‘z faoliyatida hech qanday nakaz bilan bog‘lanib qolishi mumkin emas (imperativ Mandat bilan) va o‘z Mandati muddati tugamaguncha chaqirib olinishi mumkin emas. Ko‘pgina davlatlar (Italiya, RFR, Franцiya va boshqalar) konstituцiyalarida imperativ Mandatni bevosita taqiqlovchi ko‘rsatma bor. Sovetlar tipidagi konstituцiyalar imperativ Mandatni, ya’ni deputatlarning o‘z saylovchilari oldidagi javobgarligini qaror toptiradi, unga ko‘ra saylovchilar o‘z deputatlariga nakazlar berish va ularni qonunda belgilangan tartibda chaqirib olish huquqiga ega (shuningdek, q. Deputatlar nakazlari. Deputatlarni chaqirib olish Milliy vakillik prinцipi).