Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə47/62
tarix10.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#53564
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
1.1.-modul-mazhmuasi-stm-trener-ukituvchi

BOSHQARUV SHAKLI

bu huquqiy institut bo‘lib, davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi. Oliy va maxalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va aholi bilan o‘zaro munosabatlari tartibini o‘z ichiga oladi

VOTUM

(lot. votum — xohish, iroda) – saylov jamoasi yoki vakillik muassasasining ko‘pchilik ovozi bilan ifodalangan yoki qabul qilingan fikri yoki qarori. Masalan, saylov votumi — prezident, parlament, muniцipalitet va boshqalarga saylovlarda saylov kampaniyasining natijasi. Boshqaruvning parlamentar shaklidagi davlatlar parlamenti amaliyotida votum — qoidaga ko‘ra, quyi palataning hukumat yoki alohida vazirning siyosiy yo‘li, muayyan xatti-harakati yoki qonun loyihasini ma’qullashi (ishonch votumi) yoki ma’qullamasligidir (ishonchsizlik votumi). Ishonch votumi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish tashabbuskori hukumatning o‘zi, parlament frakцiyasi yoki deputatlar guruhi bo‘lishi mumkin. Hukumatga ishonchsizlik bildirilishi amaliyotda shu hukumatning iste’fo berishiga va yangi hukumatni tuzishga (hukumat tangligiga) yoki parlamentni (quyi palatani) tarqatib, parlamentga muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga olib kelishi mumkin. Ikkinchi variant hukumatga parlamentni muddatidan oldin tarqatib yuborishni po‘pisa qilish va shu orqali noma’qul qonun loyihalarini parlamentdan o‘tkazish imkonini beradi. Ko‘plik (plyural) votum – ayrim mamlakatlarda bunday votumga ko‘ra saylovchilarning ayrim toifasi saylovda ikki yoki undan ortiq ovozga ega bo‘ladi. Bilvosita (eventual) votum – mutanosib saylovlar tizimida ovoz berish natijalarini aniqlash tartibi, unga ko‘ra ma’lum nomzodga berilgan va saylov kvotasidan ortiqcha bo‘lgan ovozlar shu partiya ro‘yxatidagi boshqa nomzod hisobiga o‘tkaziladi. Majburiy votum - ayrim mamlakatlarda barcha yuridik salohiyatli fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga saylovlarda ishtirok etish bo‘yicha yuridik majburiyati (bu tartibni buzganlarga jarima solinishi mumkin).


VETO

(lot. Veto - taqiqlayman) — hozirgi zamon davlatlarida qandaydir bir organning qarorini to‘xtatib qo‘yadigan yoki kuchga kirishga yo‘l qo‘ymaydigan harakat. Davlat boshlig‘iga parlament qabul qilgan qonunlarga Veto qo‘yish (qarorlarni taqiqlash) huquqining berilishi alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Vetoning mutlaq (yoki rezolotiv), bunda davlat boshlig‘i parlament qabul qilgan qonunni uzil-kesil qaytarish huquqiga ega bo‘ladi va nisbatan (kechiktiradigan yoki suspensiv) turlari farqlanadi.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin