6. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish borasida iqtisodiyotda demokratik bozor islohotlarini va liberallashtirishni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator normativ-huquqiyhujjatlar, shu jumladan, "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi, "Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-qoidalari to‘g‘risida"gi, "Akцiyadorlik jamiyatlari va akцiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi, "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi (yangi tahriri), "Raqobat to‘g‘risida"gi va boshqa qonunlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish nazarda tutilgan edi. Bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilishga, qonun asoslarini shakllantirish vositasida xususiy banklar hamda xususiy mulkka asoslangan lizing, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliya tashkilotlari kabi moliya institutlarini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish rejalashtirilib, erkin bozor iqtisodiyoti yo‘lida yanada ilgarilashga ko‘maklashadigan "Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to‘g‘risida"gi, "Garov reestri to‘g‘risida"gi, "Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida"gi, "Investiцiya va pay fondlari to‘g‘risida"gi, "Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonunlarni hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor o‘zgarishlarining mantiqi va sur’atlari taqozo etayotgan boshqa yangi qonunlar qabul qilish masalalarni amalga oshirishni nazarda tutgan edi.
Umuman olganda, Konцepцiyada taklif etilgan davlat hokimiyatini tashkil etish, ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan isloh etish mustaqillikka erishilgan kundan boshlab O‘zbekistonda amalga oshirib kelinayotgan demokratik o‘zgarishlarning va milliy davlatni barpo etish negizidagi juda muhim, bazaviy prinцip - bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlanish prinцipining mantiqiy davomi bo‘lib mazkur prinцip Konцepцiyada bayon etilgan islohotlarning barcha yo‘nalishlarini qamrab olishga qaratilgan.
Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir.
Dostları ilə paylaş: |