Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə19/62
tarix10.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#53564
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
1.1.-modul-mazhmuasi-stm-trener-ukituvchi

5. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish borasida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat tuzilmalari o‘zarohamkorlikda harakat qilishining samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratishga, davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonunlarni, soцial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning juda muhim dasturlarini so‘zsiz ijro etish bo‘yicha faoliyati ustidan fuqarolik institutlari nazorati, jamoatchilik nazorati tizimini yaratishga qaratildi

Davlat boshlig‘ining "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi hamda "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida"gi qonunlarni takomillashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini yangi tahrirda qabul qilishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarida fuqarolarning ijtimoiy faolligini ta’minlashda mahallaning rolini yanada oshirish ko‘zda tutildi.

Demokratiya, huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati parallel holda taraqqiy topadigan hamda bir-birini taqozo qiladigan jarayondir. Insonning aksariyat huquq va erkinliklari aynan fuqarolik jamiyati doirasida mujassamlashadi. Mana shuning uchun ham demokratik taraqqiyotdagi mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari qonun doirasida qo‘llab-quvvatlanadi va himoya qilinadi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda. Fuqarolarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda. Jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashish bilan birga, davlat va jamiyat boshqaruvida munosib ishtirok etmoqda.

Ijtimoiy organizmning barcha jabhalarida huquqiy savodxonlikni o‘stirish, huquqiy davlatning asosiy xususiyatlarini tezlashtirish va qonuniylikni ta’minlash fuqarolik jamiyatiga oid barcha tuzilmalarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyati demokratik siyosiy tizim shakllanishining eng muhim sharti, aholi ijtimoiy faolligining davlat organlari faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan turli shakllarini o‘zi ichiga olgan majmua. U jamiyat tuzilishining haqiqiy holati yoki darajasini namoyon etadi. Fuqarolik jamiyati kategoriyasi jamiyatning tuzilishi va o‘zini o‘zi boshqarish nuqtai nazaridan sifat jihatidan yangi holatni ifodalaydi, davlat va shaxs manfaatlarining muqobilligini namoyon etadi. Bunda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat tuzilmalaridan farqli o‘laroq fuqarolik jamiyatida vertikal (bo‘ysunish) emas, balki huquqiy jihatdan erkin va teng huquqli hamkorlar o‘rtasida gorizontal aloqalar va raqobat munosabati amal qiladi. Fuqarolik jamiyati – bu qonuniyatli bosqich, shaxslar o‘zini o‘zi namoyon etishining oliy shaklidir. Fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat tashkilotlar dastlab jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo‘lib, ...davlat bilan alohida fuqarolar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etib, demokratiyaning quyidan rivojlanishini ta’minlaydi9. Ular jamiyat ishlarini boshqarish borasida davlat faoliyatini to‘ldiradi, chunki, fuqarolik jamiyati institutlari o‘z ko‘lami, ommaviyligi va moslashuvchanligi tufayli ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan muammolarni aniqlashi hamda davlat idoralarining imkoniyatlari cheklangan o‘rinlarda, ayniqsa, mahalliy darajada ta’sirchan harakat qilishi mumkin10.

Konцepцiyada amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, ularning oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash, davlat hamda jamiyat qurilishida turli siyosiy va ijtimoiy harakatlar, nodavlat tuzilmalarining faol, eng muhimi, amaliy faoliyati uchun keng huquqiy makon vujudga keltirildi. Birinchi Prezidentimiz ilgari surgan qator muhim qonunchilik tashabbuslari asosida qonunlar majmui, xususan, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” hamda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarda ijtimoiy sheriklikning u yoki bu jihatlariga oid muayyan qoidalar uchrasa-da, O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarning aniq chegaralarini aks ettirgan, mazkur munosabatlarni huquqiy tartibga solishga xizmat qiladigan yagona qonun qabul qilish zarurati mavjud edi. Bu, ayniqsa, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati jadallik bilan yuksalib borayotgan hozirgi davrda muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konцepцiyasi”da ilgari surilgan takliflar asosida 2014 yil 25 sentyabrda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2015 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur Qonunda ijtimoiy sheriklikning tashkiliy, huquqiy, instituцional, moliyaviy jihatlari o‘z ifodasini topgan. U orqali davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishga erishiladi.

Muxtasar aytganda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, soцial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashish bilan birga, davlat va jamiyat boshqaruvida munosib ishtirok etmoqda.

Hozirgi vaqtda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida bir qator qonunlar ishlab chiqildi, ayrimlari qabul qilindi. “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Mustaqillik yillari mobaynida jamiyatdagi boshqaruv tizimlarini isloh qilish, davlat vazifalarini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish, ya’ni kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu jarayonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning asosiy negizini tashkil etuvchi mahalla instituti fuqarolik jamiyati institutlarining eng muhim bo‘g‘ini sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin