Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə4/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

? Nazorat uchun savollar
1. Qozoq xalq musiqa an’analari qaysi manbalarga tayangan holda o’rganiladi?
2. Qozoq xalq musiqa ijodi boshqa qardosh xalqlar musiqiy fol’kloridan nimasi bilan farq qiladi?
3.Qozoq xalq musiqa an’analari qaysi qardosh xalq musiqa ijodiga yaqin?


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. Istoriya muzqki narodov Sredney Azii i Kazaxstana. M., 1994.

2. T.S.Vqzgo. Muzqkalьnqe instrumentq Sredney Azii M., 1980.
3. Belyaev V. Ocherki istorii muzqki narodov SSSR, t,1. M., 1962.

  1. N.N.Mironov. Obzor muzqkalьnqx qulьtur uzbekov i drugix narodov vostoka. Samarkand. 1931 g.

  2. Amanov B., Muxambetova A. Kazaxskaya traditsionnaya muzqka i ‘‘ vek

Almatq. “Dayk Press” 2002.

  1. Abdullaev R.S. Obryadovaya muzqka tsentralьnoy Azii.

Tashkent. 1994.

  1. Belyaev V. Ocherki po istorii muzqki narodov SSSR

Vqpusk 1. Moskva. 1962.

  1. Erzakovich B.G. Muzqkalьnoe nasledie kazaxskogo naroda.

Alma – Ata. 1979.

  1. Baygaskina A. Evolyutsiya stixotvornqx razmerov i logika razvitiya muzqkalьnoy formq kazaxskoy narodnoy pesni. Problemq muzqkalьnogo fol’klora narodov SSSR.

Moskva. 1973.
4. Mavzu: Qozoq xalq qo’shiqchilik san’ati. O’len va aytishuvlari.


REJA:


1: Qozoq xalq musiqa chog’ulari
2: Qozoq cholg’u musiqasi
Qozoq xalqi qo’shiqlari an va o’len deyiladi. “an” musiqiy asarga nisbatan, “o’len” esa badiiy-poetik asarga nisbatan qo’llaniladi. An so’zidan kelib chiqqan “anshi” deb qozoq xalq qo’shiqlarini ijrochilariga aytiladi, “o’lenshi” deb esa qo’shiqlarning she’riy matnlarini yaratuvchilariga aytiladi. Qo’shiq ko’pincha do’mbira cholg’usi jo’rligida ijro etiladi. Do’mbira kasbiy darajadagi ijrochilarning cholg’usi hisoblanadi, ammo xalq orasida ham sevib chalinadi.
Qozoq xalq musiqasiga tegishli adabiyotlarda ta’kidlanishicha, xalqning musiqiy va badiiy qobiliyati kuchli bo’lib, ular mashhur kuylarga yangi she’rlarni moslab, improvizatsiya tarzida ijod qilar ekanlar.
Qozoq xalq qo’shiqchiligining shakllanishida ko’chmanchilik hayot tarzining ta’siri katta bo’lgan deyish mumkin. SHu sababli, qo’shiqlar mazmunan ana shu hayot tarzini to’liq aks ettiradi. Qozoq xalq qo’shiqlarini mehnat, marosim, tarixiy qo’shiqlarga ajratish mumkin.
Mehnat qo’shiqlari mehnat jarayonida ijro etiladi va mehnatkashlarning ichki kechinmalarini aks ettiradi. Erkaklarning asosiy mehnat turi chorvachilik bo’lganligi sababli cho’ponlar qo’shiqlari paydo bo’lgan. CHo’ponlar qo’shiqlari ham bir necha turlarga bo’linadi: qo’y boquvchilar qo’shiqlari “qo’yshi ani”, ot boquvchilarning qo’shiqlari esa “jilqichi ani” deb yuritilgan.
Ayollar asosan uy ishlari bilan shug’ullanganlari uchun ularning mehnat qo’shiqlari uy hayvonlarini sog’ish, sutli mahsulotlar tayyorlash, ip yigirish, to’qish, qo’l tegirmoni bilan ishlash kabi jarayonlarni aks ettirgan.
Qozoqlarning butun umri qo’shiqlar jo’rligida o’tadi deyilsa mubolag’a bo’lmaydi. Marosim qo’shiqlarini ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin: oilaviy va umumiy. Umumiy marosimlar yilnoma (kalendarь), tabiat hodisalari bilan bog’liq marosimlarni, oilaviy marosim guruhiga esa nikoh marosimi, farzand tug’ilishi bilan bog’liq marosimlar, dafn marosimi kiritilgan. Nikoh marosimining barcha bosqichlari maxsus ijod qilingan qo’shiq bilan o’tgan: “To’y bastar” qo’shig’i to’y bazmi ochilishi paytida ijro etilib, barcha qarindosh, qo’shnilarga sevinchli voqea haqida hushxabar yetkazilgan. SHodiyonalik ruhidagi bu qo’shiqda kuyov va kelin, ularning ota-onalari va qarindoshlari sha’niga maqtovlar, yaxshi niyatlar bildirilgan. Kelinning “Sinsu”, “Qo’shtasu” qo’shiqlarida uning o’z ota-onasi, dugonalari, yurti bilan bo’layotgan ayriliq qayg’uli, cho’ziq, g’amgin ohang iboralari yordamida ifoda etilgan. To’y tadbirlariga yakun yasagan “Betashar” marosimi aqinning nasihat qo’shig’i jo’rligida o’tkaziladi. Unda aqin kelinga maslahatlar berib, nasihatdan hazilga, kundalik tashvishlardan oilaviy hayot fazilatlariga o’tib, namunaviy kelin timsolini yaratadi.
To’y marosimi bilan bog’liq “Jar-jar” aytimi ham bo’lib, u ayni mehmondorchilik avjiga chiqqan vaqtda ayol va erkak guruhlari tomonidan galma-galdan ijro etiladi. Mazkur aytimning mazmuni turlichadir: jiddiy xarakterdagi olqishlov, pand-nasihat, hazil va hokazo. Ba’zan aytimlarga bahslashuv elementlari ham kiritiladi. “Jar-jar”larning kuy tuzilishi deklamatsiyaga yaqin.
Dafn bilan bog’liq marosimlarda yig’i aytimi “jo’qtau” ijro etiladi. “Jo’qtau” aytimi kalta-kalta ohang tuzilmalaridan tarkib topadi va rechitativ tarzda ijro qilinadi. Aytim boshida, o’rtasida va so’nggida yig’i ohanglari qo’shib kuylanadi. Yig’ilar ko’p hollarda yig’lovchilikni o’ziga kasb qilgan ayollar tomonidan ijro etilgan. Bunday ayollarning ijro tarzi o’ziga xos bo’lib, she’riy shaklning noaniqligi, kuy-iboralarning rechitativ xarakterda ekanligi bilan ajralib turadi.
Qozoq xalqining marosim qo’shiqlari yuqorida qayd etilgan qo’shiqlar bilan chegaralanmaydi. Ulardan tashqari yangi yil bilan qutlov kabi qo’shiqlari ham mavjud. Bunday qo’shiqlar bahorda, Navro’z bayramida ijro etilgan.
Bolalarga aytilgan “Besik jiri”, “Bo’pem-ay”, “Aldi bo’pe”, “Aq bilek” qo’shiqlari o’zining ixchamligi, kichik diapazoni, ohang iboralarining o’zaro yaqinligi bilan ajralib turadi (2/4, 6/8, 9/8 o’lchovlarida). Bolalar tomonidan ijro etiladigan namunalardan “Jaz keledi, alaqay”, “Qarlig’ash” kabi yoz qo’shiqlari “Kim qalay daustay biledi”, “Andardin aytisi” kabi o’yin qo’shiqlarini ko’rib chiqish mumkin.
Jodugarlik marosimlari ibtidoiy jamoa bo’lib yashash davridan bizning davrimizgacha yetib kelgan bo’lib, qaytariq, fol ochish, la’nat o’qish, afsun va tabobat aytimlari (“arbau”, “badik”, “bahsi sorini”) qozoq fol’klorlarining eng qadimgi qatlamiga mansub. Bunday namunalar sodda, hajmi katta bo’lmagan ohanglarning ko’p marta qaytarilishi, ya’ni kuyning o’zgarishi orqali emas, balki bir xil iboralarning ketma-ket kelishi, ular miqdorining ko’paytirilishi yo’li bilan rivoj topadi.
Jodu aytimlariga yaqin bo’lgan mavsumiy marosim namunalaridan “Tasattiq”, “Janbirliq” kabilarni misol qilish mumkin. Qurg’oqchilik paytida ovul uchun uyushtirilgan ziyofatdan keyin maxsus katta tosh yoki qo’y kallasi ustidan qozoq shomon-baxshilari “yomg’ir chaqirish” aytimini o’qishgan. Mazkur tadbir qadimgi turk qabilalarida tarqalgan “yada tosh” marosimi bilan bog’liq.
Maishiy qo’shiqlar guruhiga alla, bolalar, lirik, hazil qo’shiqlari kiradi va qozoq qo’shiqchilik ijodiyotining katta qismini tashkil etadi. Asosiy va nisbatan boy mazmunli namunalar – lirik qo’shiqlardir. Lirik qo’shiqlar band shakli, keng rivojlantirilgan kuy tuzilishi bilan ajralib turadi.
Maishiy qo’shiqlar guruhidan joy olgan bolalar qo’shiqlari va allalar musiqa ijodiyotning dastlabki namunalari deb hisoblanadi. Ular mehnat va marosim qo’shiqlari janrlariga yaqin. Maishiy qo’shiqlar tarkibiga “aytisuv” shaklidagi qo’shiqlar ham kiradi. “Aytisuv” dialog shaklida bo’lib, ijrochilar o’zaro topqirlik, aqllilikda bellashadilar. Bunday janrdagi qo’shiqlarning mavzu doirasi ancha keng. Yoshlar “aytishuv”i muhabbat, hazil-mutoyiba mavzularida bo’lsa, oqinlar “aytishuv”ida ko’proq so’z va musiqiy mahoratga urg’u beriladi.
Qozoq dialog qo’shiqlarining she’riy matni improvizatsiya tarzida, xalq to’rtliklari shaklida ijod qilinadi. Dialoglar yarim ohang, yarim rechitativ tarzda ijro etilib, sodda band shaklida tuziladi. Ikkala ijrochi ham odatda bir kuy tuzilmasidan foydalangan holda, uni ko’p marotaba takrorlash jarayonida variatsiyalar hosil qiladilar.
Qozoq xalq qo’shiqlarining yana bir keng tarqalgan ko’rinishi “qara o’len” shaklidir. U xalq to’rtliklariga asoslangan oddiy band shaklini tashkil etadi.
“Terme” shaklidagi qo’shiqlarning tuzilishi boshlang’ich kuy iborasi, asosiy ohang jumlasining ko’p marta takrorlanishi hamda qo’shiqning yakunlovchi qismidan iborat. Mazkur qo’shiqlar diapazoni sekstadan oktavagacha bo’lib, bu ko’rinishdagi namunalar nasihat qo’shiqlari, rivoyat aytimlari kabi janrlar qatoridan joy olgan.
Birinchisi dastlabki mehnat, marosim, alla, bolalar, hazil qo’shiqlarida qo’llanilgan bo’lsa, ikkinchisi lirik va boshqa chuqur ma’noli qo’shiqlarda qo’llanilgan.
Qozoq xalq qo’shig’i uchun asos sifatida diatonik ladlar tizimi xizmat qiladi: miksolidiy, ioniy, eoliy, doriy, frigiy va ba’zan pentatonika.
Qo’shiqlarning she’riy matnlari kuy rivoji uchun qulaydir. Qozoq xalq qo’shiqlarida kuy harakatlanishining ikki toifasi aniqlangan: a) quyi harakatlanuvchi; b) yuqoriga so’ngra yana quyiga harakatlanuvchi.
Qozog’iston hududining kattaligi, turli shevalar, turli yashash tarzi natijasida qo’shiqchilikning ham turfa uslublari vujudga kelgan. Qozog’istonning janubiy hududlaridagi qo’shiqlar shaklan sodda, aniq ritmga ega. G’arbda esa aksincha, lirik qo’shiqlarning kuy diapazoni keng, rechitativ shaklidagi termalar rivojlangan. Ma’lumotlarning barchasi qozoq xalqining ko’p asrlik boy musiqa merosiga ega ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin