Qozoq xalq musiqa chog’ulari,
Qozoq xalqining tarixan qaror topgan, yarim ko’chmanchi chorvachilik hayotiga asoslangan turmush sharoitlari, dunyo qarashlari musiqa cholg’ularining o’ziga xos tomonlarini belgilab bergan. Turlari ko’p bo’lmagan qozoq xalq musiqa cholg’ularida chalinayotgan xilma-xil musiqiy namunalar milliy madaniyatning barcha tarixiy bosqichlarini o’zida mujassam etgan.
Qozoq xalq cholg’ulari: a) do’mbra, b) qo’biz, v) sibizg’i; g) shang qo’biz.
Qozoq do’mbirasi torli chertma cholg’ulardan bo’lib, ikki torlidir. Torlar asosan ichakdan tayyorlanib, kvinta yoki ba’zan kvartaga sozlanadi. Dastada pardalar simlar o’rami yordamida bog’lanadi. Qozog’istonning turli hududlarida do’mbraning tovushqatori turlichadir. Tovushqator diapazoni bir oktavadan ortadi.
Do’mbraning kelib chiqishi Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi madaniyati bilan bog’liq bo’lib, ‘I’ asrdan boshlab xalqning sevimli va keng tarqalgan sozi sifatida mashhur bo’lgan. Hozirda qozoq do’mbrasi ikki asosiy ko’rinishga ega. G’arbiy Qozog’istonda qorni yumaloq, ingichka dastasiga 13-14 parda bog’lanadi. Boshqa hududlarida esa do’mbraning to’rtburchak (trapetsiyasimon) shaklidagi tana, dastaga 7-8 parda bog’langan turi tarqalgan. Do’mbira ijrochiligida ikkita asosiy – “to’kpe” va “shertpe” uslublari qo’llaniladi. “To’kpe” uslubidagi kuylar dramatik holatlarni aks ettirish uchun qulaydir. “SHertpe” uslubida ijro etilgan asarlar o’zining kuychangligi, nozikligi va jozibadorligi bilan ajralib turadi. Ijro etishda torlarga panja bilan urish yo’li bilan emas, balki cholg’u dastasini qo’l barmoqlari bilan asta chertish orqali amalga oshiriladi. Ushbu uslubdagi kuylarda shakl erkinligi kuzatiladi. Qo’buz – torli kamonli cholg’udir. Cholg’uning tana va dastasi bir butun daraxt bo’lagidan yasalib, deka sifatida tuya terisidan foydalaniladi. Teri cholg’uning pastki qismiga tortiladi. Cholg’uning bukik tanasiga ikkita tor tortilib, kamon bilan tovush chiqariladi. Torlar kichik oktavadagi kvarta yoki kvintaga sozlanadi. Qo’buz – yakkaxon tarzada ijro uchun mo’ljallangan cholg’u hisoblansada, ba’zan vokal ijrochiligida jo’rsoz sifatida ham qo’llaniladi. Uning tovushqatori do’mbra tovushqatori bilan deyarli bir xil. Qo’buzning tembri qo’shma tovush (oberton)larga boy.
Qozoq sibizg’asi ‘‘ asrgacha qozoq ovullari xalq va ustozona musiqa sozi sifatida juda keng tarqalgan edi. Cho’ponlarning sozi bo’lmish sibizg’a qozoq qo’shiqchilari qo’lida turli bayram va to’ylarda yangragan. Sibizg’a uzunasiga ushlab chalinadigan naysimon cholg’u bo’lib, 50-70 sm uzunlikdagi qamish yoki yog’ochdan yasaladi, yuz tarafiga 4-5 ta teshik ochiladi. Cholg’uning tovushi mayin bo’lib, diapozoni 1,5-2 oktavani tashkil qiladi.
Damli cholg’ular qatoridan o’rin olgan “shan qo’biz” qozoq musiqa madaniyatida keng qo’llaniladi. Yuqorida sanab o’tilgan sozlardan tashqari o’tmishda qozoq musiqa madaniyatida “Soz surnay”, “Uskirik”, “Tastauq”, “Qamis surnay ”, “Kerney”, “Muz surnay” kabi puflama; “jetigen”, “sherter” torli-chertma; “dang’ira”, “dabil”, “daulpaz” kabi urma sozlari mavjud bo’lib, turli marosimlar (mavsumiy, tabobat), bayramlarda qo’llanilgan.
Dostları ilə paylaş: |