Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə6/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Qozoq cholg’u musiqasi
Qozoq cholg’u musiqasida “Kuy” janri yetakchidir. Qozoq kuyi kasbiy darajadagi musiqaning qadimiy turlaridan hisoblanib, uning shakllanish jarayoni bir necha asrlarni o’z ichiga oladi. Kasbiy darajadagi musiqa madaniyatining ko’rinishi sifatida kuy murakkab tizimga ega. Janrlar tizimida qadimiy marosimlar bilan bog’liq kuylar ham mavjud. Bu “jo’qtau” kuyi (yig’i kuyi), “qo’shtasu” kuyi (to’y marosimi) va hokazo. Qo’biz cholg’usi uchun yaratilgan kuylarda qadimiy afsun-jodu aytimlarining elementlari saqlanib qolgan. Asrlar Osha kuylarning janr tizimi sayqallanadi. Mazkur tizim o’z ichiga turli mavzudagi kuylarni oladi (lirik, hazil, raqs, falsafiy). Kuylarning texnik murakkabligi ham turlichadir (oddiy shaklli kuydan to kengaytirilgan virtuoz kuylargacha).
Qozoq cholg’u musiqasida uchta asosiy ijrochilik va bastakorlik uslublarini aniqlash mumkun: a) sibizg’a cholg’usi bilan bog’liq uslub; b) uy sharoitida va kontsertlarda ijro etiladigan qo’biz va do’mbra cholg’ulari bilan bog’liq uslublar. Sibizg’a uchun yaratilgan asarlarni uch turga ajratish mumkin. Birinchisiga asosan cho’ponlar ijro etadigan kuylar tegishli. Ikkinchi turiga xalq qo’shiqlarining kuylari va uchinchisiga yirik shakldagi kompozitsiyalar, do’mbra uchun yaratilgan asarlarning sibizg’a uchun qayta ishlangan variantlari kiritiladi. Sibizg’a cholg’usida ijro etiladigan kuylarga erkin ritmika, lad tuzilishidagi o’zgaruvchanlik, badihago’ylik xosdir. Qozoq cholg’u musiqasining asosini do’mbra uchun yaratilgan asarlar tashkil etadi. Mazkur cholg’u uchun yaratilgan asarlar dasturlidir. Kuylarning mavzu doirasi keng qamrovli bo’lib, ularda xalqning hayot tarzi, tarixi, dunyoqarashi va ichki kechinmalari ifoda etiladi. Do’mbra uchun yaratilgan asarlar “kuy” deyiladi. Jiddiy, badiiy yo’nalishdagi asarlardan tashqari komik, satirik mavzudagi kuylar ham ijod qilingan. Do’mbrada ijro etiladigan kuylarning aksariyati xalq an’anaviy ijodiyotining yetuk namunalari deb hisoblanadi. Do’mbira kuylari qozoq bastakorlari tomonidan ijod qilingan. Asarlar ikki ovozli bo’lib, kuy ovozlarning parallel harakati bilan rivojlantiriladi. Ikki ovozli ijroning yana bir turi mavjud bo’lib, unda yuqori torda asosiy kuy ijro etilsa, ochiq pastki tor jo’rsoz vazifasini bajaradi. Ba’zan esa aksincha, kuy pastki torda ijro etilib, yuqori tor jo’rsoz vazifasini bajaradi.
Qozoq do’mbra kuylari shakl murakkabligi bilan ajralib turadi. SHulardan biri katta uch qismli shakldir. Mazkur shakl quyidagi bo’limlardan tarkib topadi:

  1. Asosiy mavzuning ijrosi (mavzu ham murakkab ichki tuzilishiga ega bo’lishi mumkin.

  2. O’rtaliq bo’limida yangi mavzu yuqori registrda ijro etiladi (kvarta, kvinta yoki oktava yuqorida).

  3. Asosiy mavzular takrorlanishi. Asarda kirish qism, yakunlovchi qismlar ham bo’lishi kuzatiladi. Murakkab shaklga ega bo’lgan asar misoli sifatida A.Zataevich tomonidan notaga olingan “Ov” kuyini tahlil qilish mumkun. “Ov” kuyining tuzilishi quyidagicha:

1.) Kirish qism.
2.) Asosiy mavzuning ijrosi.
3.) Ikkinchi mavzuning ijrosi.
4.) Uchinchi mavzuning ijrosi.
5.) Yakuniy qism, yakuniy qism kirish qismi ohanglaridan tuzilgan.
mashhur cholg’u asarlardan Yana biri “Aqsaq qulan” kuyidir. Mazkur kuy ‘III asrda afsonaviy-tarixiy mavzu asosida ijod qilingan. “Aqsaq qulan” asarining tuzilishi quyidagicha:
ABAC + ABAC + A.
Kuy A.Zataevich tomonidan yozib olingan.
Qo’buz cholg’usi uchun yaratilgan asarlar shaklan soddaligi bilan ajralib turadi. Qo’biz cholg’usining qozoq xalq musiqa madaniyatining rivojida o’rni ahamiyatlidir. qo’biz ko’proq oqinlar ijrosidagi dostonlarni jo’rsozi sifatida mashhur. Qo’biz yakkaxon cholg’u sifatida ham boy repertuarga ega.
Qo’buz kuylari orasida dasturli(“Aqqu”, “Jez kiik”kabi) kuylar, baqsi kuylar, lirik (“to’lg’au”, “ko’nur”, kabi) kuylar mavjud. Baqsi sarinlari kvarta diapazonida bo’lib, har bir shomon-baxshining shaxsiy kuyi tarzida yuzaga kelgan. Dasturli kuylar turli rivoyat va afsonalar asosida yuzaga kelib, ulardagi umumiy mazmuni va barcha hodisalarni, asosiy qahramonlarning harakatlarini kuy-ohang, shuningdek turli musiqiy-tasviriy vositalar yordamida ifodalangan. Masalan, mashhur bo’lgan “Aqqu” kuyi bir nechta musiqa mavzularidan tashkil topib, oqqushning osmonga ko’tarilib uchishi, ot chopishi, yigitning dushmanlar bilan jangi, yigit onasining yig’isi kabi voqealarni oddiy vositalar orqali, ammo yorqin tarzda ifodalab beradi. Eski harbiy qozoq ansambllari ‘VIII asrdan boshlab faoliyatini tugatgan. Ansambllar tarkibida ochiq havoda ijro uchun mo’ljallangan karnaylar, surnaylar va urma sozlar bo’lgan.
Tayanch so’zlar:
Qozoq xalq qo’shiqchilik ijodiyoti, an, o’len, anshi, o’lenshi, milliy cholg’ular, cholg’u kuylari.



Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin