Tadqiqotning predmeti: maktabgacha ta'lim tashkilotida matematik tushunchalarini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalarining o’rni mazmuni, shakllari va texnologiyalari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: maktabgacha ta'lim tashkilotida matematik tushunchalarini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalarining o’rni bolalarda matematik tafakkurini rivojlantirish uchun matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilish bo’yicha tavsiyalar va mashg‘ulotlarni ishlab chiqilganligidir.
Tadqiqot ishining vazifalari: Mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan dolzarbligini asoslash; Tadqiqot muammosining dolzarbligini asoslash: o'rganish; Nazariy adabiyotlar va ish tajribasidan materiallar, pedagogik amaliyotda bolalarning matematik tafakkurini rivojlantirish muammolarini aniqlash; Turli yosh guruh bolalarida o’lcham, geometrik figuralar, fazo va vaqt haqidagi tasavvurlarini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish; Turli yosh guruhlarda matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish; 1. Asoslovchi bosqich (2020-2021). Tadqiqot muammosiga oid pedagogik, psixologik, falsafiy hamda ilmiy adabiyotlar o’rganildi, tahlil qilindi, tajriba-sinov ob’ektlari belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli yosh guruhlarida bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda nazariy va amaliy masalalarning o’rni mavjud holati o‘rganildi. 2. Shakllantiruvchi bosqich (2021-2022). Keng ko’lamdagi tajriba-sinov ishlari tashkil etildi, natijalar tahlil etildi, umumlashtirildi va ustuvor jihatlari aniqlandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik tushunchalarini shakllantirishda mashg‘ulotlar, rejalarning samarali ekanligi asoslandi. 3. Ta’kidlovchi tajriba bosqich (2021-2022). Tajriba-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazildi, tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etildi.
Tadqiqot quyidagi 3 bosqichda amalga oshirildi: