Ўзбекистон республикаси мактабгача таълим вазирлиги сурхондарё вилоят мактабгача таълим бошқармаси денов педагогика коллежи


I BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA MATEMATIK TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY MASALALARI



Yüklə 168,24 Kb.
səhifə3/6
tarix14.12.2022
ölçüsü168,24 Kb.
#74754
1   2   3   4   5   6
Ikromova Nilufar Ahmadjonovna

I BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA MATEMATIK TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY MASALALARI

1.1. Maktabgacha ta'lim tashkilotida matematik tushunchalarini shakllantirish nazariyasining tarixi, hozirgi holati va zamonaviyligi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni va “Ilk qadam” Davlat o'quv dasturi talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda miqdor va son, buyumlarning kattaligi va shakli, geometrik figuralar haqidagi tushunchalarni shakllantirish uchun bir xil harakat usullarini har xil vaziyatlarda va turli ko‘rgazmali materiallar bilan ko‘p martalab aytib ko‘rsatish ularni bolalar o‘zlashtirishlariga imkon beradi.

Matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid izlanishlar yo‘nalishlari.

Matematik tushunchalarni rivojlantirishga oid izlanishlar yo‘nalishlari.

Ilk matematik tushunchalar bolalarning yoshiga mos tarzda qiziqarli qilib o‘rgatilsa, samarali natijalarga erishiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirishda bo‘lgan barcha izlanishlar quyidagi ikki asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda:

 


Birinchi yo‘nalishda matematik tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari ta’riflanadi. Bu borada ko’plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va ularda
bir necha g‘oyalar aks ettirilgan:
a) g‘oyalardan biri – bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim belgilar ularning har xil jihatlarini ajratib ko‘rsatmoqda, ya’ni amaliy masalalarni mustaqil ravishda tuzish, bajarish, ijodiy xarakterdagi masalalarni yechish, aniq va yashirin jarayonlarning funksional bog‘lanishini tushungan holda bajarish va hokazo;
b) izlanishlarning ikkinchi guruhi matematik tushunchalarni shakllantirishning xususiyatlarini bilim boyligi va uni o‘zlashtirish darajasi orqali izohlashni o‘z ichiga oladi;
d) uchinchisi – matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini tarbiyachilarning turli xil (masalan, tushunchalar yig‘indisini: qo‘shmoq, mulohaza
qilmoq, mantiqiy bog‘lanishni aniqlamoq, bilmoq) masalalarni yechishda namoyon
bo‘lgan umumiy qobiliyatlari bilan bog‘laydi.

Yüklə 168,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin