Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Elementlarning aniq belgilarini ko‘rsatuvchi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Elementlarning aniq belgilarini ko‘rsatuvchi jinoyat tarkiblarida 
barcha belgilar Maxsus qism moddalari dispozitsiyasida ijtimoiy xavflilik 
nuqtai nazaridan aniq ko‘rsatiladi. Bu qonunda «ko‘p miqdor» yoki «juda 
ko‘p miqdor» kabi qolipli so‘zlarni qo‘llashda ifodalanadi. Ular eng kam 
oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqadi. 
Elementlarning baholovchi belgilarini ko‘rsatuvchi jinoyat 
tarkiblarida xavflilik darajasini qonunda aniq ko‘rsatishning iloji yo‘q. 
Bunda ijtimoiy xavflilik darajasi sud yoki doktrinal sharhlash orqali 
amalga oshiriladi. Masalan, «fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlariga jiddiy zarar», «o‘ta shafqatsizlik», «shaxsiy 
manfaatlar» kabi atamalar sud tomonidan sharhlanishga muhtoj. 
«Jinoiy javobgarlik va uning asoslari»
mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 
1. Jinoiy javobgarlik nima? 
2. Jinoiy javobgarlik va jinoyat-huquqiy munosabatning o‘zaro nisbati 
nimadan iborat? 
144 


3. Jinoiy javobgarlikning huquqiy oqibatlari nimadan iborat? Uni 
amalga oshirishning oxirgi bosqichi qanday? 
4. Jinoiy javobgarlikning asosi nima? 
5. Jinoyat tarkibi deganda nima tushuniladi? Uning umumijtimoiy va 
jinoyat-huquqiy ahamiyati nimada? 
6. Jinoyat tarkibining qanday elementlari mavjud? Jinoyat tarkibi 
elementi va belgisining o‘zaro nisbati nimadan iborat? 
7. Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari soniga nimalar 
kiradi? 
8. Jinoyat tarkibi fakultativ belgilarining ahamiyati nimadan iborat? 
9. Jinoyat tarkiblarini tasniflashning qanday asoslari mavjud? 
10. JKda asosiy, yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi jinoyat 
tarkiblarining mavjud bo‘lishini aniq misollar bilan isbotlang. 
11. O‘ta og‘irlashtiruvchi jinoyat tarkibi nima? 
12. Oddiy va murakkab jinoyat tarkiblarining o‘zaro nisbati nimadan 
iborat? 
13. JK Maxsus qismida ko‘p obyektli jinoyat tarkiblarini, ikki yoki 
undan ortiq harakat bilan, ikki yoki undan ortiq oqibat bilan, ikkita ayb 
shakliga ega bo‘lgan, muqobil jinoyat tarkiblarini hamda tarkibli 
jinoyatlarni toping. 
14. JK Maxsus qismida formal, moddiy va kesik tarkibli jinoyatlarni 
toping. Formal va kesik tarkibli jinoyatlar o‘rtasidagi farq nimadan iborat? 
15.JK Maxsus qismida elementlarning baholovchi belgilarini 
ko‘rsatuvchi jinoyat tarkiblarini toping. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin