Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Sababiy bog‘lanishga nisbatan xato



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Sababiy bog‘lanishga nisbatan xato sodir etilgan ijtimoiy xavfli 
qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning 
voqealar rivojlanishi tufayli noto‘g‘ri tasavvur qilinishi hisoblanadi. Bu 
turdagi xatoning jinoiy javobgarlik masalasiga ta’sir qilishi oqibat aybdor 
qasdi bilan qamrab olinib, kelib chiqqan oqibat uning sodir etmoqchi 
bo‘lgan harakatlari natijasida emas, balki boshqa bir harakat natijasida 
yuzaga keladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, qasd hamma detallarni 
emas, balki umumiy rivojlanish qoidalari asosidagi detallarni anglay oladi. 
Sababiy bog‘lanishning umumiy rivojlanishiga nisbatan xato nazarda 
tutilgan jinoiy oqibat kelib chiqsa, ayb shakli va jinoyatning 
kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. Ayrim hollarda sababiy bog‘liqlik 
rivojlanishining qoidalariga nisbatan xato qasdni inkor qiladi, ammo 
subyekt kelib chiqqan oqibatni oldindan ko‘ra bilishi shart yoki mumkin 
bo‘lgan hollarda ehtiyotsizlik orqasida jinoiy javobgarlikka sabab 
bo‘lishiga asos bo‘ladi. Masalan, avtomobilni boshqarayotgan tajribasiz 
haydovchi burilishda to‘satdan qattiq tormoz berib, yo‘l chetidagi 
shag‘alga sirg‘angan mashina birdan burilishi natijasida avtomashina 
ichidagi yo‘lovchilar turli darajada tan jarohatlari olishdi. Mazkur holatda 
haydovchining zarur malakaga ega emasligi, sababiy bog‘lanish 
227 


rivojlanishi bilan to‘liq qamrab olinmaganligi uchun shaxs yuz berishi 
mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmagan, o‘z 
navbatida, haydovchi mazkur holatni oldindan ko‘ra bilishi mumkin yoki 
lozim edi. Boshqa hollarda sababiy bog‘lanishning rivojlanishi jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishda ta’sir etishi mumkin. Bu ijtimoiy xavfli oqibat qasd 
bilan qamrab olinadi, lekin u sodir etmoqchi bo‘lgan harakat bilan emas, 
balki boshqa bir harakat natijasida yuzaga kelishi mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin