Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Ishtirokchilikda qasdning irodaviy holati, mazmuni



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Ishtirokchilikda qasdning irodaviy holati, mazmuni yagona jinoiy 
natija yuzaga kelishini istash yoki shunga ongli ravishda yo‘l qo‘yish bilan 
tavsiflanadi.
Ishtirokchilarning motivlari va maqsadlari o‘zaro to‘g‘ri kelishi 
mumkin, biroq ular ,odatda, jinoyat kvalifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Sud-tergov amaliyoti bunda faqat mukofot evaziga sodir etilgan g‘arazli 
qotillik ishtirokchilari uchun istisno qiladi. Qotillikning mukofot taklif 
etgan tashkilotchisi (dalolatchisi) harakatlari, u ish yuritgan motivlardan 
kelib chiqqan holda JK 28-moddasi va 97-moddasining tegishli qismi bilan 
kvalifikatsiyalanishi lozim. 
Jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida g‘arazli maqsadlarda qasddan odam 
o‘ldirish haqida oldindan kelishuv mavjud bo‘lmagan taqdirda 
bajaruvchining harakatlari JK 97-moddasi 2-qismining «i» bandi bo‘yicha 
kvalifikatsiyalanadi, jinoyatning boshqa ishtirokchilari harakatlari esa JK 
97-moddasining tegishli qismi bo‘yicha, mazkur moddaning ikkinchi 
qismi «i» bandini istisno etgan holda kvalifikatsiya qilinadi
1

2-§. Jinoyat ishtirokchilarining turlari 
JK 28-moddasi 1-qismiga muvofiq, bajaruvchilar bilan bir qatorda 
tashkilotchilar, dalolatchilar va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari 
deb tan olinadi. 
Jinoyat ishtirokchilarini alohida turlarga bo‘lish asosiga, ulardan har 
birining birgalikda amalga oshirilgan qilmishdagi funksional roli 
qo‘yilgan. JK 28-moddasi aytib o‘tilgan ishtirokchilar turlari o‘rtasidagi 
farqni har bir ishtirokchining jinoyat tarkibi obyektiv tomonini 
1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 24 сентября 2004 г. № 13 «О 
судебной практике по делам об умышленном убийстве» // Сборник, Т. 2. – С. 464. 
295 


bajarishdagi harakatlarini tavsiflash bo‘yicha belgilaydi. Binobarin, 
ishtirokchilik turini belgilovchi asosiy mezonlardan biri, har bir 
ishtirokchining jinoyat sodir etishdagi ishtiroki xarakteri va darajasidir. 
Jinoyat sodir etishda shaxs ishtirokining xarakteri har bir 
ishtirokchining funksional rolini belgilaydi. 
Uning jinoyatdagi ishtiroki darajasi esa, shaxsning o‘z rolini bajarish 
bo‘yicha harakatlari jadalligi haqida, uning hamjihatlikda sodir etiluvchi 
jinoyatga hissasi haqida tasavvur beradi. Masalan, odam o‘ldirishda 
yordamchilik shaxs jinoyat qurbonini qachon va qayerda poylash 
qulayroqligi xususida maslahat berganda yoxud bajaruvchining iltimosiga 
ko‘ra, unga qotillik qurolini topib berishda, bajaruvchiga jinoyat joyidan 
tezda g‘oyib bo‘lishi uchun transport vositasini topib berishda va 
hokazolarda ifodalanishi mumkin. Har ikki holatda ham yordamchining 
funksional roli (ya’ni, ishtiroki xarakteri) bir xil, ammo ishtirok darajasi 
turlichadir. Bundan tashqari, aynan harakatlar tavsifi ishtirokchilarni 
turlarga ajratish imkonini beruvchi alomatlardir. Ishtirokchilar 
harakatlarining xarakteri qonun chiqaruvchi tomonidan «tashkil etdi», 
«rahbarlik qildi», «og‘dirdi», «yordamlashdi» kabi ifodalarda tavsiflanadi. 
Shu tariqa faqat jinoyatdagi ishtirokida, ya’ni yagona jinoyatning tashqi 
tomonini bajarishda har bir ishtirokchi, bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi 
va yordamchilar o‘rtasidagi tafovutni topish, demak ular ayblanayotgan 
muayyan jinoyatlar tarkiblarini topish ham mumkin. 
Ishtirokchilikda sodir etiluvchi jinoyatda bajaruvchi markaziy siymo 
hisoblanadi. Bajaruvchi o‘zining qatorida boshqa funksional rolni 
bajaruvchi shaxslar – tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi harakat 
qilgan hollardagina mavjuddir.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin