Jinoiy qasdni qisman bajarish jinoyatning obyektiv tomonini tashkil
etib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holda tugallanmay qolgan yoki modda
dispozitsiyasida (jinoyatlarning moddiy tarkiblarida) ko‘zda tutilgan jinoiy
oqibatni yuzaga keltirmagan qilmishni sodir etishda ifodalanadi.
Jinoyatni bevosita sodir etish shuni bildiradiki, shaxs muayyan
jinoyat tarkibining obyektiv belgilarini qamrab oladigan qilmishni amalda
sodir etadi. Bunda bajaruvchi yakka tartibda hamda boshqa shaxslar
(birgalikda bajaruvchilar) bilan birga harakat qilishi mumkin. Keyingi
297
holatda birgalikda bajaruvchilar o‘rtasida rollar taqsimlangan bo‘lib,
ularning har biri jinoiy qilmishning obyektiv tomonini qisman bajaradi.
Masalan, bosqinchilik hujumini sodir etishda bir bajaruvchi jabrlanuvchi
hayot yoki sog‘lig‘i uchun xavfli zo‘rlikni qo‘llaydi yoki shunday zo‘rlikni
qo‘llash bilan tahdid qiladi, boshqasi esa jabrlanuvchining mol-mulkini
egallaydi, bunda ikki subyekt ham jabrlanuvchi mol-mulkini talon-toroj
qilish maqsadida harakat qilishadi.
Birgalikda bajaruvchilik tushunchasi jinoiy qonunchilikda mavjud
emas. Biroq jinoyatda shunday ishtirokchilik mavjudligi Oliy sud Plenumi
tushuntirishlarida ishtirokchilik shakli
1
hamda ishtirokchilik turi
2
sifatida
nazarda tutiladi.
Jinoyatni bilvosita sodir etish shundan iboratki, bajaruvchi jinoyatni
sodir etish uchun boshqa shaxsning jismoniy harakatlaridan foydalanadi.
Tergov va sud jinoyatning obyektiv tomoni aqli norasoligi yoki
tegishli
yoshga yetmaganligi sababi bo‘yicha jinoiy javobgar
bo‘lmaydigan shaxslar tomonidan bevosita amalga oshiriladigan holatlarga
alohida e’tibor qaratishi lozim. Masalan, agar jinoyat muayyan qilmishi
uchun jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilsa,
uni jinoyat sodir etishga og‘dirgan shaxs mazkur jinoyat bajaruvchisi
hisoblanadi, uning voyaga yetmaganga nisbatan harakatlari esa
qo‘shimcha tarzda JK 127-moddasi 3-qismi bo‘yicha voyaga yetmagan
shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish sifatida kvalifikatsiya qilinishi
shart.
«Voyaga yetmaganlarning katta yoshdagilar ishtirokida sodir etgan
jinoyatlari haqidagi ish ko‘rib chiqilayotganda katta yoshdagi shaxs va
o‘smir o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xususiyatini sinchiklab
aniqlash lozim, chunki ana shu ma’lumotlar katta kishining voyaga
yetmagan shaxsni jinoyat yoki g‘ayriijtimoiy harakat sodir etishga jalb
qilishdagi rolini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
1
«Действия лиц, совершивших угон транспортных средств в составе организованной группы, независимо от
роли каждого участника, должно рассматриваться как соисполнительство» (см.: Постановление Пленума
Верховного суда Республики Узбекистан от 20 декабря 1996 г. № 37 «О судебной практике об угоне
транспортных средств» // Сборник. Т. I. – С. 321).
2
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 3 февраля 2006 г. № 1 «О
практике назначения судами уголовного наказания» // Сборник. Т. 2. – С. 493.
298
Sudlarga 18 yoshga to‘lgan va jinoyatni qasddan sodir etgan shaxs-
largina voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb
qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin ekanligi
tushuntirilsin. Shuningdek, katta yoshdagi kishi o‘z harakatlari bilan
voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb
qilayotganini bilgani holda yoki shunday fikrga yo‘l qo‘yganini ham
aniqlash lozim. Agarda katta yoshdagi kishi shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-
harakatlarga jalb qilsa-yu, uning voyaga yetmaganligini bilmasa yoki
bilishi mumkin bo‘lmasa, bu holda JKning 127-moddasi bilan jinoiy
javobgarlikka tortish mumkin emas»
1
.
Mazkur holatda, aqli noraso shaxs tomonidan boshqa shaxs
ko‘rsatmalari asosida jinoyat sodir etilgani kabi, ko‘rsatma bergan shaxs
harakatlari bajaruvchilik sifatida, amalda jinoyatni sodir etgan shaxs
harakatlari esa, jinoyat quroli sifatida tavsiflanishi shart.
Oxirgi zarurat holatida turgan boshqa shaxslarni majbur qilgan holda
o‘z jinoiy maqsadiga erishgan shaxslarni ham jinoyatning bilvosita
bajaruvchilari sifatida tan olish lozim. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda,
bayon etilgan vaziyatda bevosita «bajaruvchi»ga nisbatan uni o‘z irodasiga
qarshi harakat qilishga majburlash maqsadida ruhiy yoki jismoniy majbur
qilishdan foydalaniladi. Masalan, do‘kon kassiri to‘pponcha qaratilgani
bois pullarni kassadan oladi va ularni jinoyatchiga beradi.
Nihoyat, bilvosita jinoyat sodir etilishi aybsiz holda harakat qiladigan
bevosita «bajaruvchi»da jinoyat tarkibining asosiy obyektiv alomatlariga
nisbatan xato mavjud bo‘lgan hamda bilvosita bajaruvchi shunday xatoni
yuzaga keltirgan yoki atayin foydalangan hollarda ham uchraydi. Misol
uchun, kontrabanda jinoyatchi samolyotda hech nimadan
shubhalanmayotgan yo‘lovchidan boshqa shahardagi
tanishiga
«jo‘natma»ni yetkazishni iltimos qiladi, yoki, firibgar mashina o‘g‘risi o‘z
avtomobili kalitini yo‘qotganligi bahonasida tasodifiy o‘tkinchidan
transport vositasini harakatlantirishga yordam berishini so‘raydi.
1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 15 сентября 2000 г. № 21 «О
судебной практике по делам о преступлениях несовершеннолетних» (с изменениями и дополнениями,
внесенными постановлением Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10 и 3
февраля 2006 г. № 5) // Сборник, Т.2. – С. 301.
299
|