Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Intellektual yordamchilik – bajaruvchi ongi va irodasiga ruhiy ta’sir 
etishdir. Bu ma’noda aqliy ta’sir belgilariga ega va ular bilan 
307 


tavsiflanadigan harakatlar bajaruvchining ongli va irodaviy faoliyatiga 
ta’sir etadi. Bu harakatlar bajaruvchi jinoiy niyatining qat’iylashuvini 
mustahkamlash va yordamchining muayyan ishontirishlari yordamida 
qasdning yanada aniqlashuviga ko‘maklashadi.
Intellektual yordamchilik quyidagilardan iborat: 
– jinoyat sodir etilishiga maslahatlar va ko‘rsatmalar berish bilan 
ko‘maklashish; 
– jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud 
jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga oldindan va’da 
berish; 
– jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga 
oldindan va’da berish. 
Agar, jinoyat sodir etish xohish-istagi oldindan mavjud bo‘lib, 
maslahat va ko‘rsatmalar ushbu istakni mustahkamlashga yo‘naltirilgan 
taqdirda, yuqorida ta’kidlanganidek, dalolatchilik emas, yordamchilik 
vositasi sifatida tan olinadi. 
Ruhiy (aqliy) yordamchilikka jinoyat sodir etgan shaxsni yoki jinoyat 
hodisasi bilan faktik yaxlitlikni tashkil etuvchi boshqa element va 
belgilarni yashirishga va’da berish hollari kiradi. Ularga, xususan, jinoyat 
qurol va vositalari, jinoyat izlari va narsalari kiradi. 
Jinoyat izlari – jinoyat hodisasi haqida guvohlik beruvchi mavjud 
voqelikda aks etgan faktik, ko‘pincha, salbiy xarakterdagi ma’lumotlardir. 
Ularga, jumladan, poyafzal izlari, olishuv izlari, barmoq va qo‘l izlari va 
shu kabilar, biologik chiqindi va qoldiqlar (qon, suyuqlik, soch va hokazo), 
murda kabilar kiradi. 
Bajaruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan jinoyat elementlarini jinoyatchi 
bilan bir qatorda yashirish va’dasini berayotib, yordamchi shu orqali 
bajaruvchida qilmishga nisbatan qat’iyatni mustahkamlaydi, uning qasdi 
shakllanishiga ko‘maklashadi. Yordamchining ishontirishlari bajaruvchida 
uni yashirish, u haqda xabar bermasliklari, unga to‘sqinlik qilmasliklari 
umidiga asoslangan jinoyat sodir etish niyatini kuchaytiradi. Bunda 
yordamchining o‘z va’dasining ustidan chiqishi yoki chiqmasligining 
308 


ahamiyati yo‘q, chunki u sodir etilayotgan jinoyatda o‘zining vazifasini 
ado etdi – qilmishga nisbatan bajaruvchining qat’iyatini mustahkamladi. 
Agar mazkur shaxsni va jinoyatga oid boshqa elementlarni yashirish 
haqida bajaruvchiga oldindan va’da berilmagan bo‘lsa, ular jinoyatda 
ishtirokchilik sifatida emas, balki jinoyatga daxldorlik kabi baholanishi 
shart. 
(Jinoyatga daxldorlik haqida mazkur bobning 5-§ da to‘liqroq so‘z 
yuritiladi.) 
Jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni olish yoki o‘tkazish 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin