Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Majburlash jismoniy yoki ruhiy bo‘lishi mumkin. Ruhiy majburlash 
ko‘pincha, dalolatchi tomonidan qo‘rqitish orqali sodir etiladi. Dalolatchi, 
masalan shaxsni do‘pposlash vositasida uni jinoyat sodir etishga 
majburlashi, aynan shu maqsadga dalolatchi kaltaklash yoki unga boshqa 
zarar yetkazish tahdidi vositasida erishishi ham mumkin. Ushbu ma’noda 
tahdid ruhiy majburlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Buyruq berish dalolatchilik vositasi sifatida faqatgina dalolatchiga 
xizmat bo‘yicha bo‘ysunadigan shaxslarga nisbatan ishlatilishi mumkin. 
Jinoiy buyruqni qonuniy ijro etish natijasida bevosita sodir etgan 
xizmat bo‘yicha bo‘ysunuvdagi shaxs o‘zining sodir etgan qilmishi uchun 
javobgarlikka tortilmaydi. Bu hollarda noqonuniy buyruq bergan yoki 
majburlagan shaxs, agar (harbiy xizmatchilar, mansabdor shaxslar uchun) 
majburiy bo‘lsa, bevosita zarar yetkazuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka 
tortiladi. 
Ishontirish dalolatchi tomonidan jinoyat sodir etish motivi bo‘lib 
keladigan holatlarni bajaruvchi yoki yordamchiga xabar qilishdan iborat. 
Dalolatchilik vositasi sifatida ishontirishning o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, tashqi tomondan dalolatchining jinoyatda o‘z manfaatlari 
bo‘lmaydi. Bajaruvchining irodasiga ta’sir etib, dalolatchi u yoki bu 
qilmishni sodir etishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga, jinoyat 
sodir etilishi bajaruvchi manfaatlarida ekanligiga ishontirishga harakat 
qiladi. 
Ishontirish obyektiv tomondan dalolatchi va u qiziqtirayotgan shaxs 
orasida aloqalarni talab etuvchi davomli jarayondir. Aloqa vaqtida 
dalolatchi bajaruvchi tomonidan qaror qilinishiga turtki beruvchi 
motivlarni tug‘dirishgagina emas, balki dalolatchi istagan qarorning qabul 
qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi motivlarni kuchsizlantirishga, yo‘q qilishga 
harakat qiladi. 
Ishontirishga yaqin bo‘lgan boshqa bir vosita — shaxsda jinoyat sodir 
etishga bo‘lgan qat’iyatni uyg‘otuvchi bir vaqtning o‘zidagi akt sifatidagi 
304 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin