Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

4-qismiga tayangan holda kvalifikatsiya qilinadi. 
306 


Dalolatchi bajaruvchilardan biri sifatida jinoyat sodir etishda bevosita 
ishtirok etgan va bir vaqtning o‘zida tajovuz tashabbuskori bo‘lganida 
birgalikdagi bajaruvchilik holati sud tomonidan jazoni 
individuallashtirishda inobatga olinishi lozim. 
Jinoyatning sodir etilishidagi o‘zining obyektiv roli bo‘yicha 
yordamchi, (ba’zi istisnolar bilan) boshqa ishtirokchilarga qaraganda 
kamroq xavf tug‘diruvchi shaxsdir: jinoyatni sodir etish tashabbusi unga 
tegishli bo‘lmaydi, u boshqa shaxslarning jinoiy faoliyatiga rahbarlik 
qilmaydi. U bajaruvchiga faqatgina uning jinoiy niyatining amalga 
oshirilishida jinoyat tarkibining obyektiv tomonini tashkil etuvchi 
harakatlarni bajarmasdan ko‘maklashadi. Biroq mazkur chegaralarda ham 
yordamchilarning harakat doirasi juda keng bo‘lishi mumkin: qasddan 
odam o‘ldirish, o‘g‘rilik va boshqa shu kabilarning ko‘zda tutilayotgan 
jarblanuvchilar oila a’zolari tarkibi haqidagi ma’lumotlarni bajaruvchiga 
yetkazishidan tortib unga jinoyat sodir etish qurollarini taqdim etishigacha. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat sodir etilishiga maslahat, ko‘rsatma berish, jinoyat qurollarini 
taqdim qilish, to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, jinoyat izlarini va 
vositalarini yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib 
berishga oldindan va’da beradigan shaxs yordamchi deb topiladi (JK 
28-moddasi 5-qismi)
Qonunda berilgan ta’rifda nafaqat yordamchi faoliyatining yo‘nalishi 
(jinoyat sodir etishga ko‘maklashish) belgilab berilgan, balki 
yordamchilarning uslub va vositalari ro‘yxati berilgan. JK 28-moddasi 5-
qismida sanab o‘tilganidan boshqa hech bir harakat yordamchilik sifatida 
tan olinishi mumkin emas.
Qo‘llaniladigan vosita va usullardan kelib chiqib yordamchilikning 
ikki turini – intellektual (aqliy) va jismoniy turlarini ajratib ko‘rsatish 
mumkin.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin