Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

oldindan va’da berilgan bo‘lsa, yordamchining xatti-harakati jinoyatning 
obyektiv tomonini tashkil qiladi. «... Jinoiy yo‘l bilan topilgan mahsulotni 
oldindan va’da bergan holda olish yoxud uni aynan bir shaxsning o‘zidan, 
bu mahsulotni sotishda unga ko‘maklashayotganini bilgani holda, doimiy 
ravishda olish jinoyatda yordamchi tariqasidagi ishtirokchilik qilish deb 
baholanmog‘i kerak»
1

Jinoyat sodir etgan shaxsni, jinoyat quroli, vositalari va izlari, 
shuningdek, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirish 
vaziyatidagi kabi jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni olish yoki 
o‘tkazish to‘g‘risida va’da berish jinoyat sodir etishdan oldin yoki jinoyat 
sodir etish vaqtida amalga oshirilishi lozim. Zero, bu yerda so‘z narsalarni 
olish yoki o‘tkazish haqida emas, balki aynan va’da berish haqida 
bormoqda. Biroq, agar shaxs jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni 
olishi yoki o‘tkazishi fakti bajaruvchi bilan kelishib olinmagan bo‘lsa, 
narsalarni oluvchi yoki o‘tkazuvchining harakatlari yordamchilik turidagi 
ishtirokchilik belgilarini tashkil etmaydi. Bunday holatlar subyekt mol-
mulkning noqonuniy topilganligi fakti haqida oldindan bilganligi sharti 
bilan JK 171-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Jismoniy yordamchilikka bajaruvchiga jinoyatning obyektiv 
tomonini bajarishga imkon beruvchi harakatlar mansubdir. Agar ruhiy 
yordamchilik muayyan turdagi ishontirishlar orqali mavjud jinoiy niyatni 
mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, jismoniy yordamchilikda shaxs 
1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 20 декабря 1996 г. № 36 «О 
судебной практике по делам о преступлениях и иных правонарушениях в сфере охраны окружающей среды и 
природопользования» // Cборник, Т.1. – С. 317-318. 
309 


jinoyat vositalarini yetkazib berish yoki shart-sharoit yaratib berish orqali 
jinoyat sodir etish imkonini vujudga keltiradi. 
Jismoniy yordamchilik quyidagilarda ifodalanadi: 
– jinoyat sodir etish uchun bajaruvchiga zarur vositalarni yetkazib 
berish (masalan, katta miqdordagi mol-mulkni o‘g‘irlash jinoyatini amalga 
oshirish uchun mashina taqdim etish); 
– bajaruvchi sodir etadigan jinoyatga qo‘yilgan to‘siqlarni olib 
tashlash (masalan, moddiy qimmatliklar omborini talon-toroj qilish uchun 
ochiq qoldirish). 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin