boshqaruv asosida boshqarilganligiga e’tibor berish lozim. Yagona
tashkiliy boshqaruv, bitta tashkilotchidan, shuningdek, bir guruh
tashkilotchilar, «jinoiy obro‘li odamlar»dan iborat bo‘lishi mumkin.
Shunga ko‘ra, kvalifikatsiya qilishda shunga e’tibor qaratish lozimki,
jinoiy uyushmaning alohida a’zolari mazkur jinoiy tashkilotning ichida
harakat qilayotganligini anglamasliklari mumkin. Bu holatlar jinoiy
uyushmaning mazmun va mohiyatiga hech bir tarzda ta’sir etmaydi va
mazkur shaxs jinoiy uyushma tarkibida sodir etgan jinoyatlari uchun
javobgarlikka tortiladi.
Jinoiy uyushmaning barqarorligi va uyushganligi nisbatan
davomli
jinoiy faoliyatni va uyushma qatnashchilari sodir etishga intiladigan
jinoyatlarning og‘irligini keltirib chiqaradi. Jinoiy uyushma
ishtirokchilikning boshqa shakllaridan yuqori darajada uyushganligi,
barqarorligi, texnik vositalari bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra,
a’zolarning birgalikdagi keskin harakati kabilar bilan farq qiladi.
Tashkil etiladigan jinoiy uyushma sodir etmoqchi bo‘lgan
jinoyatlarning xavfliligini inobatga olib, qonun chiqaruvchi jinoiy
uyushmaning o‘zini va undagi ishtirokchilarni JK 242-moddasi belgilari
bo‘yicha mustaqil jinoyatlarga kiritadi va shu bilan jinoiy uyushmaning
amalda jinoyat sodir etganligi yoki etmaganligidan qat’i nazar, tashkil
etilishining dastlabki bosqichidanoq jinoiy jazoga tortilishini
mustahkamlaydi.
Ishtirokchilik shakllarini aniqlash hamda mos ravishda har bir
ishtirokchining rolini, uning maqomini
belgilash, ishtirokchilikda sodir
qilingan jinoyatlar uchun javobgarlik masalasini hal qilishda ishtirokchilar
o‘rtasidagi subyekt munosabatlar, xarakteri va
barqarorligini, o‘zaro
muvofiqlik darajasi, ishtirokchilarning tashkiliy tuzilishi hamda boshqa
zarur belgilarni batafsil aniqlash muhim.
Dostları ilə paylaş: