etishi shart. Masalan, odam o‘ldirish jinoyati oldindan kelishib olinganidek
kech oqshomda emas, kunduzi sodir etilgan yoxud o‘qotar emas, sovuq
qurol yordamida sodir etilgan bo‘lsa, eksess holati mavjud bo‘lmaydi,
zero, mazkur shart-sharoitlarning amalga oshirilgan ish kvalifikatsiyasiga
hech qanday ta’siri yo‘q. Eksessda ishtirokchilarning birgalikdagi jinoiy
faoliyati yuzasidan obyektiv asoslar (ishtirokchilar harakatlari bilan sodir
qilingan jinoyat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish), subyekt asoslar
(bajaruvchilar o‘rtasidagi subyekt aloqalar) mavjud bo‘lmaydi, bu esa
qolgan ishtirokchilarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi.
Eksess bajaruvchi sifat va miqdor belgilariga ko‘ra, bajaruvchi
harakatlari umumiy jinoiy niyatdan qanchalik chetga chiqishi xarakteriga
bog‘liqdir.
Sifat ko‘rsatkichli eksessda bajaruvchining harakatlari boshqa
ishtirokchilar bilan kelishib olingan jinoyatlar bilan bir qatorda yana bir
yoki bir necha jinoyat sodir etishni zimmasiga oladi. Masalan, talonchilik
sodir etish uchun til biriktirishda ishtirokchilardan biri o‘zganing mulkini
talon-toroj qilgandan so‘ng qasddan jabrlanuvchini o‘ldiradi yoki qonunga
xilof ravishda giyohvand va psixotrop moddalarni egallab oladi. Bu holda,
bajaruvchi sodir qilingan jinoyatlar jami bo‘yicha yoxud amalda sodir
qilingan jinoyati va birgalikda qasd qilgan jinoyatga tayyorgarlik uchun
javobgarlikka tortilishi ham mumkin. Bunda, boshqa ishtirokchilar faqat
birgalikda qasd qilgan jinoyat yoki unga tayyorgarlik ko‘rish uchun
javobgarlikka tortiladilar.
Dostları ilə paylaş: