Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Miqdor ko‘rsatkichli eksessda bajaruvchi boshqa ishtirokchilarning 
jinoiy niyati bilan qamrab olingan jinoyatni sodir qiladi, lekin uning 
oqibati boshqa ishtirokchilar o‘ylaganidan ko‘ra og‘irroq bo‘ladi (masalan, 
o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari o‘rniga – og‘ir tan jarohatlari, talonchilik 
o‘rniga – bosqinchilik) yoki oldindan til biriktirilgan jinoyatning 
kvalifikatsiyali turini sodir etadi (oddiy odam o‘ldirish o‘rniga – o‘ta 
shafqatsizlik bilan). Bajaruvchi eksessining mazkur turida boshqa 
ishtirokchilar o‘zlarining niyati bilan qamrab olingan tugallangan jinoyat 
uchun yoki tugallanmagan jinoyat (tayyorgarlik ko‘rish yoxud suiqasd) 
uchun javobgarlikka tortilishadi. 
332 


Jinoyat huquqi nazariyasida «muvaffaqiyatsiz ishtirokchilik» 
tushunchasiga doimo alohida urg‘u berilib, keng ma’noda u natijasiz 
(samarasiz) jinoiy tashkilotchilik, dalolatchilik yoki yordamchilik faoliyati 
sifatida tushunilgan, zero, bu holatda bajaruvchi jinoyat sodir qilishga 
umuman niyat qilmagan yoki jinoyat sodir qilishdan ixtiyoriy qaytgan 
bo‘ladi
1

Mazkur holatlarda bajaruvchi umuman javobgarlikka tortilishi 
mumkin emas, jinoyatning boshqa ishtirokchilari esa ishtirokchilikda 
jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish uchun 
(bajaruvchi jinoyatdan qaysi bosqichda bosh tortganiga bog‘liq) jinoiy 
javobgarlikka tortiladilar. 
Bajaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, ishtirokchilar jinoiy 
qasdini oxirigacha yetkazmagan bo‘lsa (masalan, jinoiy faoliyatga huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar yoki boshqa shaxslar tomonidan chek 
qo‘yilgan), uning harakatlari tugallanmagan jinoyat to‘g‘risidagi normalar 
asosida (25-moddaga havola qilib) kvalifikatsiya qilinadi, boshqa barcha 
ishtirokchilarning harakatlari esa JK 25–28-moddalari va JK Maxsus qismi 
tegishli moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
Umuman, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish 
huquqiga nafaqat bajaruvchi, balki boshqa harakatdagi shaxslar ham ega. 
Ixtiyoriy qaytish istalgan ishtirokchida, ishtirokchilikning har qanday 
shaklida, jinoyatni bajarishning har qanday bosqichida, biroq jinoiy oqibat 
yuzaga kelgan paytga qadar amalga oshirilishi mumkin. Bunda 
tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining ixtiyoriy qaytishiga nisbatan 
qonun qattiqroq talablar belgilaydi. Jumladan, JK 30-moddasi 5-qismiga 
muvofiq, «Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy 
ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan 
barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rganligi jinoyatda ishtirokchilik uchun 
javobgarlikni istisno qiladi». Mazkur qoidadan aniq-ravshan ma’lum 
bo‘ladiki, tashkilotchining, dalolatchining yoki yordamchining ixtiyoriy 
rad etishi faqat faol bo‘lishi, ya’ni tayyorlanayotgan jinoyatning bartaraf 
1
При неудавшемся соучастии отсутствуют либо преступные деяния исполнителя, либо объективная связь 
между его деяниями и деяниями других соучастников, в силу чего намерения последних остаются 
нереализованными, несмотря на все их усилия. 
333 


etilishini ta’minlovchi harakatlarda ifodalanishi darkor. Hokimiyat 
organlariga vaqtida xabar berishdan tashqari yana tashkilotchi yoki 
dalolatchi bajaruvchiga jinoyat sodir etmaslikka, yordamchini 
bajaruvchiga ko‘maklashmaslikka ko‘ndirishda, tajovuz qaratilgan shaxsni 
o‘z vaqtida ogohlantirishda ifodalanadigan boshqa choralar ham ko‘rilishi 
lozim. Bunda jinoyat tashkilotchisi yoki dalolatchining bajaruvchini 
ko‘ndirish turidagi ixtiyoriy qaytishi moddiy tarkibli jinoyatda jinoiy 
natijaning oldini olish, formal tarkibli jinoyatlarda esa, butun obyektiv 
tomonning amalga oshirilishining oldini olishi lozimligi sharti bilangina 
bo‘lishi mumkin. Aks holda, tashkilotchi va dalolatchi sodir etilgan 
qilmish uchun javobgarlikka tortiladi, ularning jinoyatning oldini olishga 
qaratilgan harakatlari esa sud tomonidan jazo tayinlash vaqtida 
yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin. 
Yordamchi o‘zining harakatsizligi bilan jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytishni ifodalashi mumkin. Biroq yordamchi bunday xulq-
atvorini baholashda muayyan vaziyatdan kelib chiqishi lozim, ya’ni 
yordamchining harakatsizligi jinoyatda ishtirokchilikdan ixtiyoriy qaytish 
sifatida, agar bu harakatsizlik u bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni 
amalga oshirmasligida ifodalangan bo‘lsa, masalan, bajaruvchiga seyf 
kalitini taqdim etishga va’da berib, so‘zining ustidan chiqmagan bo‘lsa, 
tan olinishi mumkin. Bu vaziyatda, agar bajaruvchi jinoyat sodir etishga 
qaror qilsa, uning harakatlari yordamchining harakatlari bilan sababiy 
bog‘liqlikda bo‘lmaydi. 
Shu bilan birga, yordamchining ixtiyoriy qaytishini yordamchilikning 
turidan kelib chiqib alohida ajratilgan holda ko‘rib chiqish lozim. (Ruhiy) 
aqliy yordamchining ixtiyoriy qaytishi bajaruvchiga yordam berishga, 
ko‘maklashishga qaratilgan o‘zining barcha harakatlarini to‘liq 
neytrallashtirishida ifodalanishi lozim. Gap shundaki, yordamchining 
maslahat va ko‘rsatmalari ularning bajaruvchiga ma’lum qilinganidan 
so‘ng oxirgisi tomonidan yordamchining irodasidan qat’i nazar, ishlatilishi 
mumkin, bu esa yordamchi harakatlari va bajaruvchi sodir etgan jinoyat 
o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni keltirib chiqaradi. Ixtiyoriy qaytish 
majburiy element sifatida jinoiy natijaning yuz bermasligini taqozo 
334 


etganligi sababli, yordamchining ixtiyoriy qaytishi haqida, faqat u o‘z 
harakatlari oqibatlarini to‘liq bartaraf etganidan so‘nggina namoyon 
bo‘lishi mumkin. Agar yordamchining mazkur intilishlari natijasiz 
yakunlansa, jinoyat sodir etilsa, uning harakatlari ixtiyoriy qaytish sifatida 
kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. 
Mazkur masala jismoniy yordamchilikda bir oz boshqacha hal 
qilinadi. Bunday hollarda, ko‘pincha jinoyat sodir etilishini 
yengillashtirishi lozim bo‘lgan jinoyat quroli va vositalarini taqdim 
etmaslikda, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga to‘siqlarni bartaraf 
etmaslikda, agar bu to‘siqlarni bartaraf etish tashabbusi yordamchining 
o‘zidan chiqqan bo‘lsa, ifodalanadigan yordamchining passiv xulq-atvori 
yetarli bo‘ladi. 
Agar birgalikdagi bajaruvchi boshqa bajaruvchilar tomonidan jinoyat 
sodir etilishiga ko‘maklashuvchi yoki uni osonlashtiruvchi harakatlarni 
sodir etishni boshlamagan bo‘lsa, ixtiyoriy qaytish uning passiv xulqida, 
ya’ni birgalikdagi bajaruvchilikni tashkil etuvchi harakatlardan o‘zini 
saqlashda ifodalanishi zarur. Bunday hollarda shaxsning jinoiy 
javobgarligi istisno etiladi, biroq u JK 241-moddasi 2-qismida 
ko‘rsatilgan shartlarning mavjudligida jinoyat haqida xabar bermaganlik 
uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar bajaruvchi jinoyatni 
oxirigacha yetkazishdan bosh tortsa yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda 
bajara olmasa va harakatni sodir etsa, ishtirokchilarning harakatini 
kvalifikatsiya qilish qiyinlashadi. Bunday holda tashkilotchi, dalolatchi, 
yordamchi tashkilotchilik, dalolatchilik, yordamchilikka suiqasd qilganlik 
uchun javobgar bo‘ladilar. 
Maxsus subyektli jinoyatlarda ishtirokchilikni kvalifikatsiya qilish 
masalasi ham alohida ko‘rib chiqishni talab etadi. Afsuski, ushbu masala 
hali to‘liq hal qilinmagan. Shuning uchun mazkur vaziyatda O‘zbekiston 
Respublikasining jinoyat-huquqiy doktrinasi va sud-tergov amaliyotiga 
tayanish darkor. Ularni tahlil qilishdan shu narsa kelib chiqadiki, maxsus 
subyekt belgilariga mos kelmaydigan shaxslar tegishli jinoyatni bevosita 
bajaruvchilar ham, birgalikda bajaruvchilar ham bo‘lishlari mumkin emas, 
ularning maxsus subyektli jinoyatni sodir etishdagi ishtiroki faqat 
335 


tashkilotchilik faoliyatida, dalolatchilik yoki yordamchilikda namoyon 
bo‘lishi mumkin. Xususan, agar JK Maxsus qismining tegishli moddasida 
maxsus ko‘rsatilgan jinoyat subyekti bo‘lmagan shaxs bevosita ushbu 
jinoyatni sodir etgan bo‘lsa, ya’ni amalda to‘liq yoki qisman uning 
obyektiv tomonini bajargan bo‘lsa, bu shaxs mazkur jinoyat uchun JK 28-
moddasining tegishli qismiga havola qilingan holda jinoiy javobgarlikka 
tortilishi shart.
Shuni nazarda tutish kerakki, maxsus subyektli jinoyatda 
ishtirokchilik vaziyatini shaxs jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan yoki 
aqli noraso bo‘lgan holatlardan ajrata bilish zarur. Ko‘rsatilgan ikki 
holatda ishtirokchilik haqida emas, balki bilvosita (vositachi) bajaruvchilik 
haqida gap ketadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin