xil jinoyatlar hisoblanadi. Masalan, nomusga tegish (JK 118-moddasi) va
davlatga xiyonat qilish (JK 157-moddasi), firibgarlik (JK 168-moddasi) va
bezorilik (JK 277-moddasi) har xil jinoyatlardandir.
Bir qancha jinoyat sodir etishni bitta murakkab jinoyatlardan:
davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlardan ajrata bilish kerak.
1
Данный вывод, в частности, следует из анализа положений постановления Пленума Верховного суда
Республики Узбекистан «О практике назначения судами уголовного наказания», где в ч.6 п.49 указано, что
«при признании лица виновным в совершении тождественных деяний, предусмотренных разными частями
одной и той же статьи Особенной части Уголовного кодекса, наказание назначается по той части статьи,
которой установлено более строгое наказание (статья 33 УК)» (см.: Постановление Пленума Верховного суда
Республики Узбекистан от 3 февраля 2006 г. № 1 «О практике назначения судами уголовного наказания» //
Сборник, Т.2. – С. 505).
347
Bir qancha jinoyat sodir etishga xos bo‘lgan xususiyat bir necha
alohida jinoyatlardir. Tegishlicha alohida bir jinoyat bir qancha jinoyat
sodir etishning tarkibiy elementidir. o‘zining obyektiv belgilariga ko‘ra
alohida jinoyatlar bir-biridan ancha farq qiladi. Yuridik adabiyotlarda
ularni oddiy va murakkab jinoyatlarga bo‘lish qabul qilingan.
Oddiy alohida jinoyatlar uch turga bo‘linadi: bir oqibatni keltirib
chiqaruvchi bir harakatli (harakatsizlikka ega) jinoyatlar; bir qilmishli va
bir necha oqibatli jinoyatlar; ikki yoki undan ortiq qilmishli jinoyatlar;
muqobil qilmishli jinoyatlar.
Masalan, odam o‘ldirish oddiy alohida jinoyatga misol bo‘la oladi.
Bunda bir qilmish bir oqibatni – jabrlanuvchining o‘limini keltirib
chiqaradi. O‘g‘rilik ham shunday jinoyat hisoblanadi. Bunda bir qilmish –
o‘zganing mulkini yashirincha talon-toroj qilish, bir oqibat – mulk egasiga
mulkiy ziyon yetkazish mavjud.
Oddiy alohida jinoyat oqibatlari tegishli tarkib doirasidan tashqarida
bo‘lgan (formal tarkibli jinoyatlar) bir qilmishdan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘ldirish bilan qo‘rqitish yoki zo‘rlik ishlatish (JK 112-moddasi), yolg‘on
guvohlik berish (JK 238-moddasi) shunga misol bo‘la oladi.
Qonunda ko‘rsatilgan bir necha oqibatni keltirib chiqargan bir
qilmishli jinoyatlarga misol JK 204-moddasining 1-qismi bo‘lishi mumkin,
bunda bir harakat – alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tartibini
buzish va ikki oqibat – katta zarar yoki boshqa og‘ir oqibatlar ko‘rsatilgan.
Ikki harakatli oddiy alohida jinoyatlarga mansab soxtakorligi (JK 209-
moddasi 1-qismi) misol bo‘la oladi. Bu yerda hujjatlarga soxta
ma’lumotlar kiritish va ularni taqdim etish ushbu qilmishni sodir etishning
variantlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Muqobil qilmishli oddiy alohida jinoyatlarga, qisman, mansabdor
shaxsning sud yoki sudyaning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarorini
qasddan bajarmasligi yoxud ularning bajarilishiga to‘sqinlik qilishi kiradi.
Ushbu holatda jinoiy javobgarlikka tortish uchun ko‘rsatilgan
harakatlardan hech bo‘lmaganda bittasining sodir etilishi yetarlidir
(masalan, faqat mazkur sud hujjatlarining bajarilishga to‘sqinlik qilish).
348
|