tegishli huquqiy oqibatlarni, ya’ni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, jazo
tayinlash xususiyatlari, javobgarlik va jazodan ozod qilish xususiyatlarini
aynan shu huquqiy tushunchalar bilan bog‘laydi.
Bir qancha jinoyat sodir etish turlarining shakllanishiga jinoyatlarning
bir xil, turdosh va har xil turlari birlashib ketishi ta’sir o‘tkazadi.
Asosiy yoki kvalifikatsiya qilinuvchi muhim yuridik belgilari
bo‘yicha to‘la mos tushadigan jinoyatlar
bir xil jinoyatlar deb tan
olinadi
1
. Masalan, qasddan odam o‘ldirish va o‘ta shafqatsizlik bilan sodir
etilgan xuddi shunday odam o‘ldirishni bir xil jinoyat deb topish lozim.
Qilmishning kvalifikatsiya qilinishga ta’sir etadigan ikkinchi yo‘l bilan
alohida usulda odam o‘ldirish bu jinoyatlarning bir xil ekanligini
o‘zgartirmaydi, chunki har ikkala holatda ham jinoyat sodir etish usuli
(boshqa odamni hayotdan mahrum qilish), shuningdek, qilmishning
boshqa muhim yuridik belgilari (tajovuz obyekti, ayb shakli, subyektning
belgilari) bir xildir.
Tajovuz obyekti, ayb shakllari bo‘yicha o‘xshash, lekin qilmishning
obyektiv tomoni belgilari, uning motivlari va maqsadlariga ko‘ra
farqlanadigan jinoyatlar
turdosh jinoyatlar hisoblanadi. Masalan,
nomusga tegish (JK 118-moddasi) bilan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib,
g‘ayritabiiy usulda qondirish (JK 119-moddasi), talonchilik (JK 166-
moddasi) bilan o‘g‘rilik (JK 169-moddasi) turdosh jinoyatlardir.
Muhim yuridik belgilari bo‘yicha to‘la farq qiladigan jinoyatlar
har
Dostları ilə paylaş: